18
4-sinf
1. Kitob – doʻstimiz
Kitob eng yaxshi maslahatchi va oʻqituvchidir.
Kitobda dunyo ilmi
mujassam. Kitobsiz bilimli, madaniyatli kishi boʻlib yetishish mumkin emas.
Bolalar, kitobni seving va asrang. Koʻp kitob oʻqib, bilimingizni
boyiting. Eng yaxshi kitobxon boʻlishga intiling.
Kitoblaringizni ozoda va
tartibli saqlang. Kitob
sahifalarini avaylab varaqlang, yertilishiga,
buklanishiga yoʻl qoʻymang. Yosh bolalardan ehtiyot qiling.
Darsliklar bilan
cheklanib qolmasdan badiiy kitoblar ham oʻqing.
(60 soʻz)
Dostları ilə paylaş: