№-_30_-Mavzu:
Corel Draw dasturida matnlar bilan ishlash
Reja:
4.
Corel Drawda
matnlar bilan ishlash
5.
Matn ob’ektlarining turlari va matn uskunalari
6.
Matnlarni yaratish, tahrirlash va formatlash
Corel Drawda matnlar bilan ishlash
Corel DRAW dasturining eng yetishgan tomonlaridan biri matnlar bilan ishlash
bo'ladi. Dasturda
matnni har xil garniturada, • ranglarda, keglda va shriftlarda berish
imkoniyati bor. Shriftlarni sirtqi ko'rinishlarini bezashning cheksiz turlari bor.
Matn ishchi oynadan Редактирование текста (Edit Text) yordamida kiritiladi.
Corel DRAW dasturida matn ko'rinishi ikki turda bo'ladi: sarlavha (artistic) va
abzas (paragraph). Matn turi Текст (Text) asbobi yordamida kiritiladi.
Sarlavha matni (Artistic Text)
Текст (Text) asbobi yordamida xohlagan joyga xohla-gan matnni kiritsa bo'ladi.
Sarlavha matnini kiritish uchun Текст (Text)
asbobi ishga tushuriladi va
kursorni matn kiritiladigan joyga olib borilib, sichqoncha bilan bir marta chertiladi,
natijada ekranda matn kiritish kursori paydo bo'ladi. Satrni yangi qatordan boshlash
uchun
tugmasi yorda-mida kursor ko'chiriladi.
Abzas (blokli) matn (Paragraph Text)
Asosiy matn (main text) katta hajmga ega bo'lib kolonka ichiga olib yoziladi va
uni blokli matnlar deb ataydi. Ikkinchi farqi uning kolonka yoni bo'yicha avtomatik
ravishda qo'yiladi, agarda matnlar o'chirilsa yoki qo'shilsa avtomatik ravishda
siljiydi. Bu turdagi matnning asosiy elementlaridan biri abzas hisoblanadi va abzasli
matnlar deb ham aytiladi. Blokli matnlarni yaratish uchun Текст (Text) dan
quyidagicha foydalaniladi:
•
Asbobni ishga tushinb, matn kiritiladigan to'g'ri to'rt-burchak yoki ellips
ko'rinishlar tanlanadi. Matnli to'g'ri to'rt-burchak hech qanaqa para-metrlarga
ega bo'lmaydi va bosmadan chiqarilganda faqat matnning o'zi chiqariladi.
•
Matnli to'g'ri to'rtburchak yasalgandan keyin ishga tayyor ekanligini
bildiruvchi yonib-o'chib turuvchi kursor chap tomonda paydo bo'ladi.
Blokli matnlarni kiritish paytida dastur o'zi avtomatik
ravishda kelasi satrga o'tkaziladi, foydalanuvchi faqat abzas oxirida
tugmasini bosishi kifoiya.
Matn to'rtburchagi o'lchamlarini o'zgartirish uchun Стрелка (Pick) asbobidan
foydalaniladi.
Dastur tomonidan matnning hajmiga va parametrlariga qarab balandligini
tanlaydi.
Bu rejimga o'tish uchun Абзацный текст (Paragraph Text) bo'limidagi
Параметры (Options) oynasidan matnning hajmiga qarab to'g'ri to'rtburchakni katta
yoki kichkina qilish (Expand дп(1 Shrink Paragraph Text Frames To Fit Text) ga belgi
qo'yish orqali amalga oshiriladi.
Sarlavha (Artistic Text) matnini abzas matniga (Paragraph Text) o'tkazish
Sarlavha ko'rinishida yozilgan matnni abzas ko'rinishiga yoki teskari abzas
ko'rinishida yozilgan matnni sarlavha ko'rinishida yozishga to'g'ri kelib qoladi. Bu
hollarda dastur tomonidan bir turdan ikkinchi turga o'tkazish imkoniyatlari bor.
Sarlavha matnini ajratgan holda Текст (Text) menyusidagi abzasni matnga o'girish
(Convert to Paragraph Text), abzas matni ajratilganda esa sarlavha matniga o'girish (Convert
to Artistic Text) so'zlaridan foydalaniladi.
Bir turdan ikkinchi turga o'tkazishni tezlatish uchun Свойства (Property Bar) da
joylashgan Конвертировать текст (Convert Text) tugmasi bosiladi.
Matnni formatlash (Format Text)
Corel DRAW dasturi shriftning parametrlarini boshqarish imkoniyatiga ega.
Matnni kiritmasdan awal parametrlarini belgilab olib,
kiritilgandan keyin matnni
formatlasa ham bo'ladi.
Matnni formatlash menyuning Текст (Text) va Форматирование текста
(Format Text) buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Muloqot oynasida abzasning matnlari
uchun oltita parametrlar berilgan bo'ladi: Шрифт (Font), Выключка (Align), Интервал
(Space), Табуляция (Tab), Рамки и колонки (Frames and Columns);
Эффекты
(Effects) yoki sarlavha matni uchun uchta: Шрифт (Font), Выключка (Align), Интервал
(Space) beriladi.
Шрифт (Font) bo'limi
Шрифт (Font) bo'limi bu matndagi shriftning garniturasini, keglini va boshqa
parametrlarini tanlashni bildiradi.
Shrift garniturasi deganda nomi va tasviriga ega bo'lgan
belgilar majmuasi
tushuniladi, masalan, Times, Helvetica, Декор, Лазурского garnituralari va hokazo.
Шpифт (Font) ro'yxatida operatsion sistemaga o'rnatilgan shriftning bitta
garniturasi tanlanadi. Начертание (Style) - esa quyidagi to'rttasidan bittasi tanlanadi:
Нормальное прямое (Normal), Нормальное курсивное (Normal-Italic). Полужирное
прямое (Bold) и Полужирное курсивное (Bold-Italic).
Dostları ilə paylaş: