Qimmatli qog‘ozlar


Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə25/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Asosiy tushuncha va atamalar


· emissiya risolasi



  • emissiya jarayoni · emissiya bosqichlari

  1. bob. Qimmatli qog‘ozlar bozori va unda savdo qilish tartibi


Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy instrumentlar savdosini tashkillashtiruvchi va savdo jarayonlarini ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi institutlar uning savdo tizimi tuzilmasini tashkil qiladi.


Hozirda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlari – moliyaviy instrumentlarning (pul, kreditlar, valuta, qimmatli qog‘ozlar) bozor muomalasi jarayonlarini tashkillashtiruvchi shakllar, usullar va normalar (tegishli tartib-qoidalar, qonuniy-me’yoriy hujjatlar), traditsiyalar (jumladan etik normalar), tamoyillar hamda ushbu jarayonlarni normal kechishiga xizmat ko‘rsatuvchi professional qatnashchilar majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Boshqacha qilib aytganda, savdo tizimi – bu bitishuv to‘g‘risida shartnoma tuzishni, tuzilgan shartnoma parametrlarini tekshirish, kliringni (hisob-kitobni) amalga oshirish, bitishuv talablarini oxirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlarni yangi

egasiga berish) imkoniyatlarini beruvchi texnik, texnologik va tashkiliy vositalar majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Savdo tizimlarida moliya bozorining tovari bo‘lgan turli moliyaviy instrumentlar bozor muomalasi jarayonlarida bo‘ladi. Bu jarayonlarda moliya bozorining barcha qatnashchilari ishtirok etadi.
Moliya bozorining savdo tizimlarini moliyaviy instrumentlar turi bo‘yicha quyidagicha ajratish mumkin:
·qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimlari;
·pul vositalari (masalan, plastik kartochkalarning turli xillari) va valuta (horijiy EKV) savdosi tizimlari;
·kreditlar savdosi tizimlari;
·sug‘urta instrumentlari (polislari) savdosi tizimlari;
·moliyaviy (valuta) qiymatga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari, qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi tizimlari.
Pul vositlari savdosi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda banklarning mahsulotlari savdo markazlari (uylari) ham bo‘lishi mumkin.
Valutalar savdosi tizimi misolidaFOREX xalqaro elektron tizimini va valuta almashtirish shahobchalari majmuasini keltirish mumkin.
Kredit resurslari banklararo kredit bozorlarida savdo qilinadi, banklar va kredit tashkilotlarida (ittifoqlarida) oldi-berdisi amalga oshiriladi.
Sug‘urta polislari sug‘urta kompaniyalari tomonidan anderrayterlar va agentlar yordamida sotiladi.
Valuta qiymatiga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari maxsus auktsionlarda savdo qilinadi. Bunda lombardlar ham ishtirok etadi.
Qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob elementlar maxsus auktsionlarda savdo qilinadi.
Moliya bozorining eng katta savdo tizimlaridan qimmatli qog‘ozlar (fond) birjalari va birjadan tashqari elektron savdo tizimlari hisoblanadi. Bo‘lardan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida maxsus fond do‘konlari, Internet-broker (Internet-treyder) tarmoqlari, “chakana ko‘cha” yoki anderrayterlik (chakana savdo) tarmoqlari mavjud.
Aytish joizki, jahon savdo amaliyotida 50 dan ziyod turli xil elektron savdo tizimlari mavjud bo‘lib, ularning yarmisi fyucherslar savdosiga xizmat qiladi.
Hozirda qimmatli qog‘ozlar savdo tizimlari turli bazisli (valutali, tovar-xomashyoli, indeksli, foiz stavkali, qimmatli qog‘ozli va h.k.) qimmatli qog‘ozlar muomalasini tashkillashtiradi. Bu esa qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlarini boshqa savdo tizimlarga qaraganda ancha kengligi va salmoqliligidan dalolat beradi, demak ularning iqtisodiyotdagi va moliya bozoridagi roli kattaligini bildiradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida va uning savdo tizimlarida turli bitimlar tuziladi. Bunday bitimlar doirasida turli operatsiyalar bajariladi.
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari orqali ham, mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Egasi yozilgan shuningdek, yuridik shaxslar ishtirokida tuziladigan egasi yozilmagan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tomonlarning o‘z xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi.
Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarga oid bitimlar birjadan tashqari bozorda mustaqil suratda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz hukumat belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar yuzasidan tuziladigan bitimlarni tartibga solish birjalardagi va birjalardan tashqaridagi oldi-sotdi bitimlariga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni hadya etish, meros qilib olishga, ustav fondiga kiritishga hamda ularning egasini o‘zgarishiga olib keladigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga nisbatan qo‘llaniladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bitimlarni faqat qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan shakldagi topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shartnomalar asosida ularda ko‘rsatilgan barcha zarur shartlarga aniq rioya qilgan holda mijozlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin.
Mijoz yoki uning topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakili shartnoma bajarilguncha bir yoqlama tartibda uning amal qilishini to‘xtatish huquqiga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lsalar ruxsat etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi, daromad keltirish darajasi o‘zgarishi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan qilinadigan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq har bir bitim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Fond birjalari, fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan qoidalarga asosan ro‘yxatga olinadi.
Yuridik shaxslar ishtirokida egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar, shuningdek, egasi yozilmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Tashkiliy yo‘sinda yo‘lga qo‘yilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish chog‘ida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi o‘rtasidagi vaqt qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdolar tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi va yetkazilgan zarar uchun bitimning aybdor tomoni, agarda uning aybdor ekanligi aniqlansa, javobgarligiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin