muvofiqlashtirish
bob. Investor va investitsiya institutlari
Umuman olganda, investitsiya instituti – bu moliyaning alohida faoliyat sohasi bo‘lib, moliya bozorining fond segmentida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha malakali xizmatlar ko‘rsatuvchi moliyaviy institut hisoblanadi. Boshqacha qilib aytilganda, fond (qimmatli qog‘ozlar) bozorida professional faoliyat qimmatli qog‘ozlarni hayot tsiklidagi jaryonda sodir (talab) bo‘ladigan xizmatlarni belgilangan tartibda ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida bunday faoliyatni ixtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, turli mulkchilik shaklida tuzilgan, maxsus litsenziyaga (ruhsatnomaga) ega bo‘lgan investitsiya institutlari amalga oshiradi.
Investitsiya institutlari faoliyatining mexanizmi, xossa va xususiyatlari evaziga fond bozori infratuzilmasi tarkibida alohida malakali xizmatlar bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy resurslar (jamg‘armalar) va instrumentlar (qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar institutlari, moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulatori va hisobchisi, mos ravishda yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor, professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, investitsiya institutlari banklar va sug‘urta kompaniyalari bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‘ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining, xususan qimmatli qog‘ozlar bozorining, risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy xavfsizlik daraja-sini ko‘tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, investitsiya institutlari umuman iqtisodiyotda, xususan qimmatli qog‘ozlar (fond) bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
·iqtisodiyot subyektlari va aholiga qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha professional xizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar;
·moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulatori, yirik investitsiyalar manbai;
·institutsional investor (belgilangan tartibda);
·qimmatli qog‘ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi investitsiya institutlari operatsiyalari jahon fond bozorlarining barcha qismini qamrab olgan.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining ijroiya organlari rahbarlari, shuningdek, ularning imzo huquqiga ega xodimlari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan malaka guvohnomalariga ega bo‘lishlari kerak. Malaka guvoxnomasining amal qilish muddati turli mamlakatlarda har hil bo‘ladi, masalan, O‘zbekistonda – uch yil.
Dunyoning turli mamlakatlarida investitsiya institutlarining faoliyat turlari o‘zgacha nomlanadi, lekin ular mazmunan o‘xshash. Masalan, jahon amaliyotida faoliyat turlari quyidagicha nomlanishi mumkin: diler, broker, boshqaruvchi kompaniya, depozitariy, kliring va h.k.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida esa quyidagi
professional faoliyat turlari amalga oshiriladi:
·investitsiya vositachisi faoliyati;
·investitsiya maslahatchisi faoliyati;
·investitsiya fondi faoliyati;
·boshqaruvchi kompaniya faoliyati;
·investitsiya fondlarining investitsiyaviy aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyat;
·depozitariy faoliyati;
·hisob-kliring palatasi (tashkiloti) faoliyati;
·transfer-agent faoliyati (litsenziyalanmaydi);
·qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq professional faoliyatning boshqa turlari ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, nominal saqlovchi (depozitariy bajaradi).
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi investitsiya fondi faqat ochiq aktsionerlik jamiyati shaklida tuziladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni tuzish, faoliyat ko‘rsatish va tugatish tartibi, ushbu Qonunning qoidalari hisobga olingan holda, qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keltirilgan faoliyat turlariga qisqacha tavsif beramiz.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridainvestitsiya vositachisi faoliyatiga brokerlik va dilerlik faoliyatlari kiradi.
Topshiriq shartnomalari yoki vositachilik haqi asosida yoxud bitimlar tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi sifatida qimmatli qog‘ozlar yuzasidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish brokerlik faoliyati hisoblanadi.
Brokerlik faoliyatida operatsiyalar asosan mijoz nomidan (topshirig‘iga binoan) va mijoz hisobidan bajariladi.
Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarga sarmoya kiritish uchun brokerga berilgan pul mablag‘lari, shuningdek, broker tomonidan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan bitimlardan olingan pul mablag‘lari broker tomonidan bankda ochiladigan alohida bank hisob raqam(lar)ida (maxsus brokerlik hisob raqamida) saqlanishi kerak.
Agar brokerlik xizmati ko‘rsatish shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, broker mijozga uning pul mablag‘lari hisobiga topshiriqlarni bajarish yoki mijoz talabiga ko‘ra ularni qaytarib berishni kafolatlagan
holda, maxsus brokerlik hisob(lar)idagi mijozlarning pul mablag‘laridan o‘z manfaatlari uchun foydalanish huquqiga ega.
Brokerga o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablag‘lari, unga o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish huquqini bermagan mijozlarning pul mablag‘lari saqlanadigan maxsus brokerlik hisob raqam(lar)idan boshqa maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida saqlanishi kerak.
Broker o‘zining shaxsiy pul mablag‘larini maxsus brokerlik hisob raqam(lar)iga o‘tkazish huquqiga ega emas, ushbu modda bilan belgilangan tartibda mijozga qaytarib berish va/yoki unga qarz berish hollari bundan mustasno.
Broker maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan har bir mijozning pul mablag‘larining hisobini yuritishga va mijozga hisobot berishga, shuningdek, topshirig‘i bo‘yicha aksiyasiga egalik qilayotgan shaxs bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq va uning topshirig‘i bilan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar va bitimlarni amalga oshirishga majbur.
Maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan mijozlarning pul mablag‘lari brokerning majburiyatlari yuzasidan undirilishi mumkin emas.
Muayyan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish narxlarini oshkora e’lon qilish hamda ushbu qimmatli qog‘ozlarni e’lon qilingan narxlari bo‘yicha sotib olish va/yoki sotish majburiyatini olish yo‘li bilan o‘z nomidan va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi- sotdi bitimlarini tuzish dilerlik faoliyati hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dilerlik faoliyatini amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi diler deb nomlanadi.
Narxlardan tashqari diler qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi shartnomasiga boshqa muhim shartlarni ma’lum qilish huquqiga ega: olinayotgan/sotilayotgan qimmatli qog‘ozlarning minimal yoki maksimal miqdori, shuningdek, e’lon qilingan narxlar amal qiladigan muddat. E’londa boshqa muhim shartlar ko‘rsatilmasa, diler o‘z mijozi taklif qilgan muhim shartlar bo‘yicha shartnoma tuzishga majbur. Diler shartnoma tuzishdan bosh tortishi xollarida, uni shunday shartnoma tuzishga majbur qilish va/yoki mijozga yetkazilgan zararlarni qoplatish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin.
Investitsiya vositachisi o‘zining harakatlari yoki harakatsizligi tufayli mijozlariga yetkazilgan zararni qoplashi shart.
Investitsiya vositachisining korxonalari va tashkilotlarini Yagona davlat reyestridan chiqarish faqat uning mijozlariga ajratilgan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qaytarish bilan bog‘liq taomillar bajarilganidan so‘nggina qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i asosida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini va uning ishtirokchilarini tahlil etish va istiqbolini aniqlash, moliyaviy vositalarni (moliyaviy majburiyatlarni) ekspertiza qilish, ishlab chiqish va tavsiya etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularni joylashtirish va muomalaga kiritish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya siyosatini amalga oshirishlari xususida maslahatlar berish sohasidagi xizmatlar qimmatli qog‘ozlar bozoridainvestitsiya maslahatchisining faoliyati, deb e’tirof etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investitsiya maslahatchisi deb nomlanadi. Yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya maslahatchisi bo‘lishi mumkin.
Investitsiya maslahatchisi mijozga muayyan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish, shuningdek, mijozga investitsiya qarorini o‘zi mustaqil qabul qilishi uchun zarur axborotni takdim etish huquqiga ega.
Maslahat xizmatlari ko‘rsatilganida, bajarilgan ishlar dalolatnomasida muvofiq yozuvlar ko‘rsatiladi, mijozga taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari esa investitsiya maslahatchisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Investorlarning pul mablag‘larini ishga solish maqsadida aksiyalar sotib oladigan va chiqaradigan hamda mablag‘larni fond nomidan qimmatli qog‘ozlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushlariga, banklardagi hisob varaqlarga va omonatlarga qo‘yadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir.
Investitsiya fondlarining mablag‘larni bunday qo‘yish bilan bog‘liq tavakkalchiligi, bu mablag‘larning bozordagi qadri o‘zgarishidan keladigan daromad va ko‘riladigan zarar to‘la-to‘kis ushbu fond egalari (aksiyadorlari) hisobiga o‘tkaziladi va ular tomonidan fond aksiyalarining joriy narxlari o‘zgarishi hisobiga realizatsiya qilinadi.
Banklar va sug‘urta kompaniyalari investitsiya fondlari bo‘la olmaydi.
Investitsiya fondi boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tuzilishi mumkin emas. Investitsiya fondini qayta tashkil etish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Investitsiya fondining litsenziyasi amal qilishini tugatish yoki litsenziyasini bekor qilish investitsiya fondining faoliyati tugatilishiga va litsenziyasini amal qilishini yoki bekor qilinshi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi bozor narxida, lekin bu hol sodir bo‘lgan sanadan oldingi olti oy ichidagi o‘rtacha narxdan kam bo‘lmagan narxda fond aksiyadorlariga ularning mablag‘larini qaytarib berishga olib keladi.
Investitsiya fondini korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reyestridan chiqarish faqat ushbu moddada ko‘rsatilgan jarayonlar tugaganidan so‘ng, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning egalik qilish uchun o‘ziga berilgan va boshqa bir shaxsga tegishli bo‘lgan, mazkur shaxs yoki bu shaxs ko‘rsatgan uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab:
·qimmatli qog‘ozlarni;
·qimmatli qog‘ozlarni sarmoyalashga mo‘ljallangan pul mablag‘larini;
·qimmatli qog‘ozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlarni xak evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat davomida o‘z nomidan amalga oshirishi qimmatli qog‘ozlarniboshqarish sohasidagi faoliyat hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisiboshqaruvchi kompaniya deb nomlanadi.
Ishonchli boshqaruvga berilgan investitsiya aktivlari bilan bitimlarni boshqaruvchi kompaniya o‘z nomidan amalga oshiradi, bunda u boshqaruvchi kompaniya sifatida harakat qilayotganligini ko‘rsatishi kerak. Agar yozma ravishda rasmiylashtirishni talab etmaydigan harakatlarni amalga oshirishda boshqa taraf uning bajarilishi to‘g‘risida boshqaruvchi tomonidan ma’lum qilingan bo‘lsa, yozma hujjatlarda ishonchli boshqaruvchining nomidan keyin tegishli belgilar kiritilgan bo‘lsa, yuqoridagi shartga amal qilingan hisoblanadi.
Agar boshqaruvchi kompaniya va uning mijozi yoki bir boshqaruvchi kompaniyaning turli mijozlari manfaatlari yuzasidan bahs, barcha taraflar oldindan bu haqda xabardor qilinmagan bo‘lsa, boshqaruvchi kompaniyaning mijoz manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirishga olib kelgan bo‘lsa, boshqaruvchi kompaniya o‘z hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararlarni qoplashga majbur.
Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyat deganda, ushbu modda va qonun hujjatlari bilan belgilangan faoliyatning talablariga javob beradiganboshqaruvchi kompaniyaning faoliyati tushuniladi. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsinvestitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi deb nomlanadi.
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi hisoblanadi.
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya qonunchilikka muvofiq tuzilgan va investitsiya fondining topshirig‘i bilan va uning nomidan unga berilgan qimmatli qog‘ozlarni; qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari; qimmatli qog‘ozlarni boshqarish jarayonida qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini ishonchli boshqaruvni; investitsiya fondining qimmatli qog‘ozlari portfelini tuzishni va bu portfelni diversifikatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni; shuningdek, fond bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya fondining egasi vazifasini amalga oshiruvchi istalgan mulkchilik shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Ko‘rsatilgan operatsiyalar investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya faoliyatining mutlaq turlari hisoblanadi.
Boshqaruvchi kompaniyaning ta’sischilari yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek ular tomonidan ta’sis qilingan ustav fondining 25 foizdan ortig‘ini davlat ulushi tashkil etuvchi korxonalar bundan mustasno.
Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi depozitariy, davlat boshqaruv organi, notijorat tashkiloti, shuningdek affillangan shaxs (shaxslar) tomonidan tuzilgan korxona bo‘lishi mumkin emas.
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya ustavida investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarish uning mutlaq faoliyat turi hisoblanishi to‘g‘risidagi holat mavjud bo‘lishi shart.
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash bo‘yicha xizmatlardepozitar faoliyat hisoblanadi.
Depozitar faoliyatni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisidepozitariy deb nomlanadi. Faqat yuridik shaxsgina depozitariy bulishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash bo‘yicha depozitariy xizmatlaridan foydalanadigan shaxs deponent hisoblanadi.
Depozitariy va deponent o‘rtasidagi munosabatlar tegishli shartnoma bilan tartibga solinadi.
Depozitar shartnoma – depozitariy bilan deponent o‘rtasida yozma shaklda tuziladigan, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turuvchi shartnoma.
Depozitar xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish deponentning qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi depozitariyga o‘tishiga olib kelmaydi.
Depozitariy o‘ziga deponentga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishi uchun, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olib borish bo‘yicha o‘z burchlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun, shu jumladan deponent hisob varaqlari bo‘yicha yozuvlarning to‘laligi va to‘g‘riligi uchun qonunda belgilangandek javobgar bo‘ladi.
Deponentlarning qimmatli qog‘ozlariga depozitariyning majburiyatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
O‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyatkliring deb hisoblanib, bu faoliyat bitimga doir axborotni to‘plash, solishtirish, unga tuzatish kiritish hamda qimmatli qog‘ozlarga doir fuqaroviy-huquqiy bitimlarni ijro etish uchun buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini nazarda tutadi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarihisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti) deb ataladi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar yuzasidan hisob-kitob olib borilishi munosabati bilan kliringni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zaro majburiyatlarni aniqlash chog‘ida tayyorlab qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va buxgalteriya hujjatlarini ijroga qabul qilib olayotganlarida qimmatli qog‘ozlar bozorining qaysi qatnashchisi uchun hisob-kitob ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu qatnashchi bilan tuzgan o‘z shartnomalariga asoslanadilar.
Hisob-kliring palatalarining (tashkilotlarining) mijozlari mablag‘lariga hisob-kliring palatalarining (tashkilotlarining) majbuiyatlari yuzasidan bo‘yicha undiruv karatilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |