Transfer-agentning faoliyati deganda, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, qayta ishlash va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tushuniladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining transfer agent faoliyatini amalga oshiruvchi professional qatnashchisitransfer-agent deb nomlanadi.
Emitent bilan o‘zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi:
·emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda reyestr shakllantirish uchun markaziy registratorga so‘rov yuborish;
·markaziy registratordan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini qabul qilish;
·qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitentga qimmatli qog‘ozlar reyestrini yetkazish va berish.
Transfer-agent emitentga markaziy registratordan olingan qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri va boshqa ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish va ularning saqlanishi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni begonalashtiruvchi (sotib oluvchi) bilan o‘zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi:
·qimmatli qog‘ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluvchidan) olingan hujjatlarni tekshirish, ro‘yxatga olish va hisobga olish;
·mijozlardan olingan hujjatlarni ro‘yxatga olish va hisobga olish;
·qimmatli qog‘ozlarni begonalashtiruvchiga xizmat ko‘rsatayotgan depozitariyga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlarning o‘tishiga asos hisoblanuvchi hujjatlarni yetkazib berish va taqdim etish;
·imzolar taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan shaxslar (ularning vakillari) tomonidan qo‘yilganligini kafolatlash;
·operatsiyalar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilish;
·begonalashtiruvchining (sotib oluvchining) xizmat ko‘rsatuvchi depozitariydan shartnomaga muvofiq olingan qimmatli qog‘ozlarni begonalashtiruvchiga (sotib oluvchiga) yetkazib berish va taqdim etish.
Begonalashtiruvchi (sotib oluvchi)ning qimmatli qog‘ozlar transfer-agenti bilan munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yichabirjadan tashqari savdolar tashkilot- sining faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil
qilish faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari savdolar tashkil qilish, shuningdek, birjadan tashqari listinglar qoidalari qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdoga ularni birjadan tashqari byulleteniga kiritgan holda, savdoga qo‘yishdir.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta’minlashi lozim.
Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar, investorlar sifatida qatnashishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning professional faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidanqimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlar va investorlar mablag‘larining hisobini yuritish Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlar ishtirokida qimmatli qog‘ozlar bilan o‘zi tuzadigan barcha bitimlarning hisobini yuritadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan qimmatli qog‘ozlarning hamda investorlar mablag‘larining hisobini yuritish uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobidan alohida tarzda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda o‘z arxivida investorlarning qimmatli qog‘ozlari va mablag‘lari hisobga olish bo‘yicha hujjatlarni saqlashi shart.