Qimmatli qog‘ozlar bilan depozitar operatsiyalar (keyingi o‘rinda – depozitar operatsiyalar) – qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitariylar tomonidan hisobga olish ro‘yxatlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Depozitar operatsiyalar standartlari – depozitar operatsiyalar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan me’yorlari va qoidalari.
Depozitar operatsiyalar standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va depozitariylar ularga rioya etishini nazorat qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Depozitariy tizimidadeponenthuquqlarivamajburiyatlarini alohida ko‘rsatish maqsadga muvofiq, ular quyidagi huquqlarga egadir:
·depozitariydagi o‘zining depo hisob varag‘ida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va doirada tasarruf etish. Deponentda depozitariyda hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etish huquqi qimmatli qog‘ozlar uning depo hisobvarag‘iga kiritilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi;
·depozitariyga o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berish (uchinchi shaxslar oldida zimmasiga majburiyatlar yuklangan qimmatli qog‘ozlarni ularga yuklangan majburiyatlar tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmay turib o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyish bundan mustasno), so‘rov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risidagi hisobotni talab qilish;
·o‘ziga tegishli hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash va istalgan depozitariyga hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga nisbatan mulk egaligi huquqini hamda boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni topshirish;
·depozitar shartnoma tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilgunga qadar depozitariyda qimmatli qog‘ozlarni saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishish;
·depozitar shartnoma shartlariga muvofiq o‘z depo hisobvarag‘ining holati haqida ko‘chirma olish va o‘zining depo hisobvarag‘i bo‘yicha depozitariy tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot olish.
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Deponent quyidagilargamajburdir:
·o‘zining vakolatli shaxsining vakolati tugatilishi yoki o‘zgarishi to‘g‘risida depozitariyni xabardor qilish;
·o‘z rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar haqida depozitariyga xabar berish;
·depozitariyning yozma xabarlari to‘g‘riligini va to‘laligini tekshirish, agar noaniqliklar borligi aniqlanadigan bo‘lsa, ular haqida depozitariyni o‘z vaqtida xabardor qilish.
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Bunda depozitariy quyidagihuquqlargaegadir:
·belgilangan tartibda hujjatli qimmatli qog‘ozlarning haqiqiyligini tekshirish;
·qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hujjatli qimmatli qog‘ozlarni inkassatsiya qilish va tashish;
·deponentlarning topshirig‘iga binoan ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni o‘tkazish;
·egasining yozma topshirig‘iga binoan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida uning manfaatlarini ifodalash;
·qonun hujjatlarida belgilangan tartibda broker mijozlarining qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish.
Depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Depozitariy quyidagilargahaqliemas:
·o‘ziga saqlash uchun berilgan mulkdan qimmatli qog‘ozlar sifatida foydalanish yoki depo hisobvarag‘idan deponentning ruxsatisiz qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquq hisobini yuritish;
·qimmatli qog‘ozlar bilan o‘zining nomidan va o‘z hisobidan bitimlar tuzish, depozitariyning o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bundan mustasno.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Markaziy depozitariy quyidagilarga hamhaqli emas:
·qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritish;
·boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
·boshqa yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasida qatnashish.
Depozitariy quyidagilargamajburdir:
·o‘ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarning saqlanishini ta’minlash;
·har bir deponentga tegishli qimmatli qog‘ozlarning turlari, soni va nominal qiymatini hisobga olib borish;
·qimmatli qog‘ozlar zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan hollar va ular tugatilgan hollar hisobini yuritish;
·qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda
depozitar operatsiyalarga oid hujjatlarni o‘z arxivlarida saqlash;
·deponentlar hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni faqat deponentlarning yoki ularning ishonchli vakillari yozma topshiriqlari asosida amalga oshirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·depo hisob varaqlari holatiga o‘zgartishlar kiritishga asos hisoblanuvchi barcha birlamchi hujjatlarni saqlash;
·deponentning qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisob varag‘idan tegishli ko‘chirma berish bilan tasdiqlash;
·depo hisob varaqlarining holati va undagi qimmatli qog‘ozlarning mavjudligi, ularning harakati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi kurash davlat organi, shuningdek, sud, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish;
·qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, soliq organi, monopoliyaga qarshi kurash davlat organi, shuningdek sud, surishtiruv va tergov organlarining talabiga binoan o‘zining faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va doirada taqdim etish;
·o‘ziga yetkazilgan zararlarni sug‘urta qildirish, maxsus jamg‘armalar tuzish yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yo‘llar bilan qoplash usullarini ko‘zda tutish;
·hujjatli (naqd) aksiyalar va korporativ obligatsiyalarni beg‘araz tarzda qabul qilinishini va saqlanishini hamda ularning hujjatsiz (naqdsiz) shaklga o‘tkazilishi bo‘yicha zarur harakatlarni ko‘rishni amalga oshirish.
Qimmatli qog‘ozlarningnominalsaqlovchivazifasini bajarishda depozitariy yana quyidagilarga hammajburdir:
·mijoz bilan tuzilgan shartnomada tegishli ko‘rsatma mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu shaxs mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan hamma to‘lovlarni
olishini ta’minlashga qaratilgan harakatlarning barchasini amalga oshirish;
·brokerlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan bitimlar va operatsiyalarni faqat qimmatli qog‘ozlar egasining topshirig‘iga muvofiq va u bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra amalga oshirish;
·boshqa shaxslarning topshirig‘iga ko‘ra o‘zi saqlab turgan qimmatli qog‘ozlar hisobini alohida hisob varaqlarda hisobga olib borishi va qimmatli qog‘ozlarni saqlab turish haqida topshiriq bergan shaxslarning talablarini qondirish maqsadida ushbu hisob varaqlarda doimo yetarli miqdorda qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘lish.
Depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Depozitariylarda qimmatli qog‘ozlarning saqlanishi ularni qimmatli qog‘ozlarni saqlashga doir talablarga javob beradigan qimmatli qog‘ozlarni saqlash joylarida saqlash va hisobga olish ro‘yxatlarini depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq holda yuritish orqali ta’minlanadi.
Markaziy depozitariyda saqlanayotgan va hisobga olinayotgan qimmatli qog‘ozlarning saqlanishi shuningdek, Markaziy depozitariyning ma’lumotlari majmuida qo‘shimcha saqlab turilishi, texnik tizimlarda uzilish yuz berganda va kutilmagan vaziyatlar vujudga kelganda Markaziy depozitariy ma’lumotlari majmuini tezkor tiklash orqali ta’minlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi qimmatli qog‘ozlarning depozitariylarda saqlanishi va ularga bo‘lgan huquq hisobi yuritilishi ishonchliligini ta’minlashga doir qo‘shimcha talablarni belgilashi mumkin.
Depozitariyningjavobgarligi
Depozitariy quyidagi hollarda o‘z deponentlari oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir:
·depo hisob varaqlarida qimmatli qog‘ozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi yozuvlar yo‘qotilganda. Depozitariy o‘z hisobidan yo‘qotilgan yozuvlarni tiklaydi;
·deponentlarning hujjatli qimmatli qog‘ozlari depozitariyning saqlash joylarida tegishlicha saqlanmaganligi oqibatida ular yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelganda. Depozitariy ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarni qoplaydi yoki o‘z hisobidan yangilarini tayyorlaydi;
·qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni va hisobga olish ro‘yxatlaridagi yozuvlarni lozim darajada saqlamaganda va bu ularning yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘lganda. Depozitariy o‘z hisobidan ko‘rsatilgan hujjatlarni va qimmatli qog‘ozlarning hisobga olish ro‘yxatlarini tiklaydi;
·deponentlarga tegishli qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqi o‘z vaqtida va lozim darajada hisobga olinmaganda. Deponentga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida va lozim darajada hisobga olinmagan holda deponentni depozitariy shartnomasida belgilangan tartibda unga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlardan ozod qiladi;
·uning harakati yoki harakatsizligi deponent o‘ziga tegishli qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq huquqlarini amalga oshira olmasligiga olib kelganda. Depozitariy deponentga zararni, shu jumladan boy berilgan foydani to‘la hajmda to‘laydi;
·depozitar shartnoma shartlarini buzganda.
Qimmatliqog‘ozlaregalarireyestriniyuritishtizimi
Qimmatli qog‘ozlar egalarireyestriniyuritishtizimi– qog‘oz ko‘rinishida va/yoki ma’lumotlarning elektron bazasi yordamida qayd qilingan qimmatli qog‘ozlar egalari va nominal saqlovchilar identifikatsiyasini ta’minlovchi, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini tuzish, shuningdek, reyestrda ro‘yxatga olingan shaxslardan axborotlarni olish va yuborishga imkon yaratuvchi ma’lumotlarning majmui tushuniladi.
Reyestr yuritish tizimida qimmatli qog‘ozlarning egasi yoki nominal saqlovchining ro‘yxat raqami uning deponentlar yagona bazasida ro‘yxatga olingan shaxs kodi hisoblanadi.
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar munosabatlarida qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish majburiy hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanada shakllangan ro‘yxati
bo‘lib, ularga qarashli egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlarning miqdori, nominal qiymati va toifasi ushbu ro‘yxatda ko‘rsatiladi.
Qimmatli qog‘ozlarning egalari reyestrini shakllantirish markaziy ro‘yxatga oluvchi vazifasini bajaruvchi Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy depozitariy va depozitariylar - nominal saqlovchilar deponentlari depo hisob varaqlarining belgilangan sanadagi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritishi majburiy hisoblangan emitent Markaziy depozitariy bilan reyestr yuritish bo‘yicha shartnoma tuzishga va Markaziy depozitariy bilan bevosita, yoki transfer-agent orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik yuritishni ta’minlashga majbur.
Markaziyro‘yxatgaoluvchi
Markaziy depozitariy markaziy ro‘yxatga oluvchi vazifasini bajarishda quyidagilargahaqli:
·qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilaridan qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
·egalari Markaziy depozitariyning mijozlari hisoblanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olish;
·emitent bilan qimmatli qog‘ozlar egalari va nominal saqlovchilarni emitent umumiy yig‘ilishining chaqirilishi yoki uning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromad to‘lovi munosabati bilan xabardor qilish bo‘yicha shartnoma tuzish.
Markaziy ro‘yxatga oluvchi vazifasini bajarish vaqtida Markaziy depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Markaziy depozitariy markaziy ro‘yxatga oluvchi vazifasini bajarishda quyidagilargamajbur:
·qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirishni ta’minlash;
·ma’lum sanada shakllantirilgan qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini saqlash;
·qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish tizimiga taalluqli axborotni ushbu qonunga muvofiq taqdim etish;
·reyestr yuritish tizimiga taalluqli axborotning maxfiyligini ta’minlash.
Markaziy ro‘yxatga oluvchi vazifasini bajarish vaqtida Markaziy depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham kiritishi mumkin.
Markaziy ro‘yxatga oluvchi nominal saqlovchi tomonidan taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar emas.
Qimmatliqog‘ozlarninominalsaqlovchi
Qimmatli qog‘ozlarninominal saqlovchi – qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagani holda, boshqa shaxsning (qimmatli qog‘ozlar egasi yoki vakil qilingan shaxsning) topshirig‘iga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobga olish va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi reyestr yuritish tizimida ro‘yxatga olingan depozitariy.
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi mijozlarining qimmatli qog‘ozlari uning kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin emas.
Nominal saqlovchi markaziy registratorning talabiga binoan o‘zi nominal saqlovchi hisoblangan qimmatli qog‘ozlar egalari to‘g‘risidagi qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni belgilangan sanaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishga majbur.
Nominal saqlovchi o‘zida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga markaziy registratordan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartirishlar kiritadi.
Nominal saqlovchi reyestr yuritish tizimiga taalluqli axborotlarning ishonchliligi, to‘laligi va o‘z vaqtida markaziy registratorga taqdim etilishi yuzasidan javobgarlikka ega.