Qimmatli qog‘ozlar


Hisob-kitob-kliring palatalarining asosiy vazifalari va



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə39/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Hisob-kitob-kliring palatalarining asosiy vazifalari va


funksiyalari
Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
·fond bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tishini ta’minlash;
·birja va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli qog‘ozlar aylanishini jadallashtirish;
·qimmatli qog‘ozlar bozorida bitishuvlar tuzishda kechiktirish va to‘lamasliklarning oldini olish;
·sodir etiladigan bitishuvlar natijalarini operativ umumlashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarini bozor kon’yunkturasining joriy holatidan xabardor qilish.
Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy funksiyalari hisobalanadi:
·bitishuv bo‘yicha axborot to‘plash, solishtirish, unga tuzatish kiritish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash hisobga olish;
·bitishuv yakunlari bo‘yicha pul mablag‘larini o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish uchun asos hisoblanuvchi hujjatlarni tuzish va bajarish uchun yuborish;
·pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlar bir vaqtda bajarilishi, ya’ni "to‘lovga qarab yetkazib berish"
printsipiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan tuzilgan va bajarish uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlari o‘tishi ustidan nazorat qilish;
·tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
·qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshirish uchun savdo qatnashchilarining pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarini deponentga qabul qilish;
·savdo tashkilotchilariga savdo qatnashchilarining deponentga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari to‘g‘risida axborot berish;
·kafolat fondidan mablag‘larni shartnoma asosida berish yo‘li bilan hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari tomonidan bitishuvlarning kafolatli bajarilishini ta’minlash.


Hisob-kitob-kliring palatalarining majburiyatlari va



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin