Deponentquyidagihuquqlargaega: ·depozitariyda o‘z depo hisob varag‘idagi qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish;
·depozitariyga o‘z depo hisob varag‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog‘ozlarni qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatish tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o‘tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so‘rov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risida hisobot talab qilish;
·o‘ziga tegishli qimmatli qog‘ozlarni saqlash hamda hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni depozitariyga topshirish;
·shartnoma shartlariga muvofiq o‘z depo hisob varag‘ining holati haqida ko‘chirma olish va o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha depozitariy tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot olish.
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Deponentquyidagimajburiyatlarnibajaradi: ·o‘z vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o‘zgartirilganligi to‘g‘risida depozitariyga xabar qilishi;
·o‘z rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar haqida depozitariyga bildirishi;
·depozitariyning yozma xabarlari to‘g‘riligini va to‘liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida depozitariyga o‘z vaqtida bildirishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq deponentning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridadepozitariytizimiva boshqa faoliyat turlarinialohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Markaziy depozitariy – O‘zbekiston Respublikasi depozitariylarida qimmatli qog‘ozlarni saqlash, huquqlarni hisobga olish va harakatining yagona tizimini ta’minlovchi depozitariydir.
Markaziy depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonasi sifatida tuzigan.
Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradi.
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun olinadigan tariflar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy depozitariyning mutlaqvazifalariquyidagilardan iborat:
·nodavlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
·qimmatli qog‘ozlarga nisbatan davlat huquqlarini va qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha vakolatli shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
·depozitariylarning vakillik hisob varaqlarini yuritish;
·birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining qimmatli qog‘ozlari savdolarga qo‘yilishidan oldin ular borligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;
·savdolarda tuzilgan bitimlarga muvofiq birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar yetkazib berilishini ta’minlash;
·nodavlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
·O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning xorijiy fond bozorlarida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
·markaziy registrator vazifasini amalga oshirish;
·investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
·O‘zbekiston Respublikasi depozitarlik tizimida Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
·depozitariylar tizimida qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotlarni jamlash va tartibga solib turish.
Depozitaroperatsiyalarvadepozitaroperatsiyalarstandartlari Qimmatli qog‘ozlar bilan depozitar operatsiyalar (keyingi o‘rinda – depozitar operatsiyalar) – qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitariylar tomonidan hisobga olish ro‘yxatlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Depozitar operatsiyalar standartlari – depozitar operatsiyalar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan me’yorlari va qoidalari.
Depozitar operatsiyalar standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va depozitariylar ularga rioya etishini nazorat qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Depozitariy tizimidadeponenthuquqlarivamajburiyatlarini alohida ko‘rsatish maqsadga muvofiq, ular quyidagi huquqlarga egadir:
·depozitariydagi o‘zining depo hisobvarag‘ida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va doirada tasarruf etish. Deponentda depozitariyda hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etish huquqi qimmatli qog‘ozlar uning depo hisob varag‘iga kiritilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi;
·depozitariyga o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berish (uchinchi shaxslar oldida zimmasiga majburiyatlar yuklangan qimmatli qog‘ozlarni ularga yuklangan majburiyatlar tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmay turib o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyish bundan mustasno), so‘rov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risidagi hisobotni talab qilish;
·o‘ziga tegishli hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash va istalgan depozitariyga hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga nisbatan mulk egaligi huquqini hamda boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni topshirish;
·depozitar shartnoma tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilgunga qadar depozitariyda qimmatli qog‘ozlarni saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishish;
·depozitar shartnoma shartlariga muvofiq o‘z depo hisobvarag‘ining holati haqida ko‘chirma olish va o‘zining depo hisob varag‘i bo‘yicha depozitariy tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot olish.
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Deponent quyidagilargamajburdir:
·o‘zining vakolatli shaxsining vakolati tugatilishi yoki o‘zgarishi to‘g‘risida depozitariyni xabardor qilish;
·o‘z rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar haqida depozitariyga xabar berish;
·depozitariyning yozma xabarlari to‘g‘riligini va to‘laligini tekshirish, agar noaniqliklar borligi aniqlanadigan bo‘lsa, ular haqida depozitariyni o‘z vaqtida xabardor qilish.
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Bunda depozitariy quyidagihuquqlargaegadir:
·belgilangan tartibda hujjatli qimmatli qog‘ozlarning haqiqiyligini tekshirish;
·qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hujjatli qimmatli qog‘ozlarni inkassatsiya qilish va tashish;
·deponentlarning topshirig‘iga binoan ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni o‘tkazish;
·egasining yozma topshirig‘iga binoan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida uning manfaatlarini ifodalash;
·qonun hujjatlarida belgilangan tartibda broker mijozlarining qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish.
Depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Depozitariy quyidagilargahaqliemas:
- o‘ziga saqlash uchun berilgan mulkdan qimmatli qog‘ozlar sifatida foydalanish yoki depo hisobvarag‘idan deponentning ruxsatisiz qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquq hisobini yuritish;
·qimmatli qog‘ozlar bilan o‘zining nomidan va o‘z hisobidan bitimlar tuzish, depozitariyning o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bundan mustasno.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Markaziy depozitariy quyidagilarga hamhaqli emas:
·qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritish;
·boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
·boshqa yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasida qatnashish. Depozitariy quyidagilargamajburdir:
·o‘ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarning saqlanishini ta’minlash;
·har bir deponentga tegishli qimmatli qog‘ozlarning turlari, soni va nominal qiymatini hisobga olib borish;
·qimmatli qog‘ozlar zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan hollar va ular tugatilgan hollar hisobini yuritish;
·qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda depozitar operatsiyalarga oid hujjatlarni o‘z arxivlarida saqlash;
·deponentlar hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni faqat deponentlarning yoki ularning ishonchli vakillari yozma topshiriqlari asosida amalga oshirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·depo hisob varaqlari holatiga o‘zgartishlar kiritishga asos hisoblanuvchi barcha birlamchi hujjatlarni saqlash;
·deponentning qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma berish bilan tasdiqlash;
·depo hisob varaqlarining holati va undagi qimmatli qog‘ozlarning mavjudligi, ularning harakati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·depo hisob varag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi ko‘rash davlat organi, shuningdek sud, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish;
·qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, soliq organi, monopoliyaga qarshi ko‘rash davlat organi, shuningdek sud, surishtiruv va tergov organlarining talabiga binoan o‘zining faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va doirada taqdim etish;
·o‘ziga yetkazilgan zararlarni sug‘urta qildirish, maxsus jamg‘armalar tuzish yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yo‘llar bilan qoplash usullarini ko‘zda tutish;
·hujjatli (naqd) aksiyalar va korporativ obligatsiyalarni beg‘araz tarzda qabul qilinishini va saqlanishini hamda ularning hujjatsiz
(naqdsiz) shaklga o‘tkazilishi bo‘yicha zarur harakatlarni ko‘rishni amalga oshirish.
Savollar
Depozitariylar haqida nima bilasiz ?
Depozitariylar reyestr yurituvchi sifatida qanday vazifalarni bajaradi ?