Qimmatli qog‘ozlar


Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə33/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Asosiy tushuncha va atamalar





    • investitsiya fondi

    • depozitariy

    • kliring

    • nominal ega

    • Markaziy depozitariy
  1. bob. Fond birjasi




Fond birjasi va uning tashkiliy asoslari


O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘rafond birjasi - ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs.
Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Fond birjalarining muassislari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik va jis moniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning muassislari sifatida ishtirok etishi mumkin emas.
Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
·birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xizmatkorlari tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat’iy rioya qilinishi;
·birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi;
·birja savdolari o‘tkazilishini oldindan belgilangan joy va yil bilan reglamentlash yo‘li orqali ushbu savdolarning regla mentlanishini ta’minlash;
·tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
·amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash;
·birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni zudlik bilan e’lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini birja bitimlarining narxlari to‘g‘risida xabardor qilish;
·qonun yo‘li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e’lon qilish;
·tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto‘g‘ri axborot berilishining taqiqlanishi va ta’qib qilinishi va h.k.
Birjada quyidagilar taqiqlanadi:
·qalbaki, sun’iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;
·monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir–birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan biror–bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta’minlovchi yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‘ini ta’minlovchi aksiyalarni xarid qilish hamda bitimlarni ro‘yxatga olish;
·bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha ko‘lamli bitimlarning tuzilishi;
·qimmatli qog‘ozlar bozori qonyunkturasining sun’iy ravishda o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa harakatlar.
Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a’zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bo‘larning barchasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda quyidagi ta’riflarni nazarda tutishi kerak:
·muayyan birjada qimmatli qog‘ozlar bilan savdo–sotiq qilish tamoyillari;
·birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‘yiladigan talablar; birja yig‘ilishlarining joyi va yili haqida axborot;
·qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi;
·birja bitimlari;
·mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari;
·savdolarni tashkil etish;
·bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
·bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar, xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari.
Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning ustavi majtburiy tartibda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ bilan kelishilishi zarur.
O‘z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari:
·birja a’zoligiga kirish uchun zarur bo‘lgan investitsiya muassasalariga nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilashi; savdolarda birja a’zolarining vakillariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilashi;
·ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun nizolar bo‘yicha komissiya, maslahat va ma’lumotnomalar byurosini tashkil etishi;
·kirish va joriy a’zolik badallari, bitimlarni ro‘yxatga olish, texnik xizmatlar, birjaga doimiy va bir martalik kelib ketuvchilarning tashrifi uchun to‘lovlarni belgilashi va undirib olishi;
·ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro‘yxatga olish yig‘imlarini o‘z yilida to‘lamaganlik uchun jarimalarni undirib olishi;
·birja qo‘llanmalari, ma’lumotnomalari, to‘plamlarini nashr qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasining maxsus faoliyat turi bo‘lganligi bois, qonunchilik bilan uning daromad manbalari qat’iy reglamentlangan. Chunonchi, birja faoliyatini moliyalash o‘z aksiyalarini, paylarini, brokerlik joylarini sotish, muntazam a’zolik badallari, birja bitimlarini ro‘yxatga olishdan tushgan yig‘imlar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda vositachilik qilganlik uchun vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin