Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə34/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Savollar





    1. Fond birjasi haqida ma’lumot bering.

    2. Fond birjasida qanday operatsiyalar amalga oshriladi?



Asosiy tushuncha va atamalar


fond birjasi



  • makleriat

  • kotirovka

  • listing

  • Tendensiya
  1. bob.Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar.


Depozitariy deganda sodda qilib qimmatli qog‘ozlarni saqlash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsni tushunish mumkin.Lekin uni keng ma’noda o‘rgansak quyidagilarni ko‘rib chiqamiz.


Depozitariylar:


·manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni depozitariyda saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqishlari imkoniyatini ta’minlashi;
·saqlash uchun qabul qilib olingan qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishini ta’minlashi;
·har bir deponentga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal qiymatini hisobga olib borishi;
·qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
·depo hisob varaqlari holatiga o‘zgartishlar kiritishga asos bo‘luvchi birlamchi hujjatlarni va depozitar operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni o‘z arxivida saqlashi;
·depo hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma berish orqali tasdiqlashi;
·depo hisob varaqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
·qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat organi, shuningdek, sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida tugatishi;
·o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov
organlarining talablariga binoan qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
·o‘zi yetkazgan zararlarning o‘rnini sug‘urta qilish, maxsus fondlar tashkil etish orqali yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usul bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi shart.
Qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi vazifasini bajarayotganda depozitariy nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bir qatorda:
·qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining talabiga binoan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishi;
·o‘zida hisobga olib boriladigan qimmatli qog‘ozlar va ular emitentlarining rekvizitlariga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartishlar kiritishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq depozitariylarning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Depozitariylar quyidagilarga haqli emas:
·o‘ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlardan foydalanishga;
·o‘zi emissiya qilgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritishga;
·o‘z nomidan va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzishga, bundan o‘zi emissiya qilgan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar mustasno.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, ushbu moddaning ettinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, shuningdek quyidagilarga haqli emas:

    • boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;

    • boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida ishtirok etish.

Depozitariy sifatida faoliyatni tugatish yoki depozitariyni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ommaviy axborot vositalarida o‘n kunlik muddat ichida tegishli axborot e’lon qilinadi. O‘z faoliyatini tugatayotgan yoki tugatilayotgan depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va hisobga olish registrlari deponentning qaroriga binoan bir haftalik muddat ichida boshqa depozitariyga o‘tkaziladi, bunday qaror mavjud bo‘lmagan taqdirda esa deponentlar tanlagan depozitariylarga
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik o‘tkazish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘tkaziladi.
Depozitariyni tugatish Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ushbu tartib-taomil yakunlanganligi haqidagi yozma tasdig‘idan keyin amalga oshiriladi.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin