Hisob – kitob kliring palatasi – qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob- kitoblarni amalga oshiradi.
Kliringning vazifalari quyidagilardan iborat:
·bitimga doir axborotni yig‘ish, taqqoslash, to‘g‘rilash (tuzatish) bo‘yicha operatsiyalarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash, hisobga olish;
·bitim yakunlari bo‘yicha pul mablag‘larini o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish uchun asos bo‘luvchi hujjatlarni tuzish hamda ularni ijro uchun jo‘natish;
·pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlarning bir yilning o‘zida bajarilishini, ya’ni "to‘lovga qarshi yetkazib berish" tamoyiliga rioya etilishini nazorat qilish, shu jumladan, tuzilgan va ijro uchun yuborilgan hisob–kitob hujjatlarining harakatini nazorat qilish;
·tuzilgan bitim bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish;
·savdolar ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisini amalga oshirish uchun kiritiladigan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni deponentlashga qabul qilish;
·savdolar tashkilotchilari (fond birjalari, fond boyliklari bilan birjadan tashqari savdo–sotiqni tashkil etuvchi muassasalar)ga savdo ishtirokchilarining deponentlangan qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari haqidagi axborotni taqdim etish;
·hisob–kitob–kliring tashkilotlarining a’zolari uchun zaxira fondidan mablag‘larni shartnoma asosida berish yo‘li bilan bitimlarning kafolatli ijro etilishini ta’minlash.
Hisob-kitob-kliring palatalari(tashkilotlari)qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti).