Qimmatli qog‘ozlar


Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasini tayyorlash



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə23/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasini tayyorlash. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasi bank boshqaruvi tomonidan tayyorlanib, uning raisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.Emissiya risolasida bank, uning moliyaviy ahvoli hamda bo‘lg‘usi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ularni tarqatish shartlari va tartibi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hisob-kitob shartlariga oid ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar yoki foizlarni olishga tegishli ma’lumotlar) aks ettiriladi.

  • Qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish. Ushbu operatsiyani emitent–bank qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organida amalga oshiradi.

  • Emissiya risolasini nashr etish va qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida chop etish. Buning uchun emitent–bank, odatda, risolani alohida broshyura shaklida, ko‘pchilik xaridorlarni xabardor qilish uchun yetarlicha miqdorda nashr ettiradi.

  • Qimmatli qog‘ozlarni sotish. Emitent-bank qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazib, emissiya risolasi va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi xabarni tarqatganidan keyingina ularni sotishni boshlashi mumkin. Emissiya risolasi ro‘yxatdan o‘tkazilmaguniga qadar o‘z qimmatli qog‘ozlarini reklama qilish man etiladi. Aksiyalarni joylashtirish xaridor bilan tuzilgan muayyan miqdordagi aksiyalarni oldi–sotdi shartnomasiga asosan so‘mlarga sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank vositachilar – brokerlik firmalari bilan maxsus vositachilik va topshiriq shartnomalari tuzib, ularning xizmatidan foydalanishi mumkin. Sotilgan aksiyalarning soni chiqarilishi mo‘ljallangan va ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan aksiyalar sonidan oshmasligi shart.

  • Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yakunlarini ro‘yxatdan o‘tkazish. Bu jarayon qimmatli qog‘ozlarni sotish tugallanganidan keyin amalga oshiriladi. Bank sotuv natijalarini tahlil qiladi va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yakunlari to‘g‘risida hisobot tuzadi, bu hisobot rahbariyat tomonidan imzolanib, bank muhri bilan mustahkamlanadi (tasdiqlanadi) va ro‘yxatga oluvchi organga taqdim etiladi. Ushbu organ qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishi lozim, agar bu organning e’tirozlari bo‘lmasa, hisobot va yakunni ro‘yxatga qayd etadi. Bordi- yu, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bankka hisobotni ro‘yxatga olishni

    rad etsa, u emitentga bu haqda xat orqali ma’lum qilishi lozim. Xatda rad etishning sabablari (masalan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish jarayonida amaldagi qonunchilik, bank qoidalari, yo‘riqnomalari buzilgani, hisobot o‘z yilida taqdim etilmagani) aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.


    1. Yüklə 209,85 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin