Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) oʻsimliklar boʻlimining asosiy sinflari mundarija kirish I bob



Yüklə 180,61 Kb.
səhifə10/13
tarix26.12.2023
ölçüsü180,61 Kb.
#197535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) oʻsimliklar boʻlimining asosiy sinflari

9-rasm. O’rmon qirqqulog’ining (Dryopteris filix-mas) hayot sikli:
A-sporofit; B-gametofit; M-meyoz; a-sporofit murtagi; b-yetuk sporofit; d-spora va uning unishi;e-gametofit tallomi; 1-ildizpoya; 2-qo’shimcha ildizlar; 3-barg; 4-sorusli barg qismi; 5-5- platsenta; 6-induziy; 7-sporangiy; 8-xalqa; 9-riziodlar; 10-anteridiy; 11-spermagen to’qima; 12- spermatozoid; 13-arxegoniy; 14-tuxum hujayra.
Qirqquloq (Dryopteris) turkumining mashhur turi bu o’rmon (erkak)
qirqqulog’ (D. filix-mas) (9-rasm). Uning sporofit nasli ko’p yillik o’t, murrakab patsimon qirqilgan bir to’da barglari bor. Barglari ildizpoya uchidan chiqqan. Ildizpoyasi gorizontal holda yer yuzasiga yaqin joylashadi, qora qo’ng’ir rangda bo’lib, qo’shimcha ildizlarni hosil qiladi. Ildizpoyani o’tgan yillardan qolgan barg bandlarining asoslari zich qoplab turadi. Ildizpoyadan o’sib chiqqan
yosh barglar birinchi yili shilliqqurtga o’xshash buralib turadi, jigarrang
tangachasimon po’stlar bilan qalin qoplangan va asosidan uchiga qarab yoziladi.
Yetilgan barg murakkab patsimon bo’lib, uzunligi 1-1,2 m ga yetadi. Poyada har xil o’lchamdagi o’tkazuvchi boylamlar ko’p. Yirikroq boylamlar poyaning markaziy qismida, maydalari esa ildizpoya bo’ylab tarqoq joylashgan.
O’tkazuvchi boylamlar po’stloqdan endoderma bilan chegaralangan, endodermadan keyin bir yoki ikki qavat hujayradan iborat perisikl, so’ngra floema-elaksimon naylar va lub parenximasi mavjud.
Boylamlarning markazida ksilema joylashgan. Bargi ustki va
ostki tomondan epidermis bilan qoplangan. Mezofilida ancha yirik hujayralararo
bo’shliqlar mavjud. Bargning ostki tomonida markaziy tomirlari atrofida soruslar
(sporangiylar yig’indisi) joylashgan. Soruslar yumaloq, yuraksimon va yupqa
rangsiz parda-induziy bilan qoplangan. Sporangiydagi arxesporial hujayra ketma
ket bo’linib, sporalar hosil qiladi. Spora ikkita qobiq: ichki endosporiy va tashqi
ekzosporiy bilan o’ralgan bir hujayradan iborat.
Sporadan qulay sharoitda jinsiy o’simta-gametofit hosil qiladi. Gametofit
yashil, rizoidli, yumaloq-yuraksimon, o’lchami 0,5-0,9 sm plastinka shaklida, bir
uyli, fotosintez qila oladi. Unda arxegoniy va anteridiy yetiladi. O’simta mustaqil
hayotga moslashgan, chetlari bir qavat va o’rtasi ko’p qavatli hujayralardan iborat.
Arxegoniy kolbasimon ko’rinishda bo’lib, qorinchasi bilan o’simta to’qimasiga botgan holda bo’ladi. Arxegoniyda tuxum hujayra, anteridiyda esa spiralsimon o’ralgan ko’p xivchinli spermatozoidlar rivojlanadi. Anteridiy yorilib spermatozoidlar suvga chiqadi va arxegoniy bo’yinchasi bo’ylab tuxum hujayrani
urug’lantiradi. Natijada zigota hosil bo’ladi va sporofit nasl boshlanadi. Zigotadan
yosh sporofit, keyinchalik esa voyaga yetgan sporofit o’simlikni hosil bo’ladi.
Ildizpoyasi yordamida vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Uning idizpoyasidan gijja haydovchi dori tayyorlanadi.

Yüklə 180,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin