Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) oʻsimliklar boʻlimining asosiy sinflari mundarija kirish I bob



Yüklə 180,61 Kb.
səhifə11/13
tarix26.12.2023
ölçüsü180,61 Kb.
#197535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) oʻsimliklar boʻlimining asosiy sinflari

Marsiliyakabilar kichik ajdodi –Marsileidae. Bu kichik ajdodga qariyb 70 tur kiradi. Bitta qabila Marsiliyanamolar (Marsileales) va marsiliyadoshlar
(Marsileaceae) oilasi hamda 3 turkumi bor: Marsilea, Pilularia, Regnellidium.
Marsiliyanamolar har xil sporali bo’lib, suvda, qirg’oqlarda va quruqlikda
o’rmalovchi ildizpoyaga ega bo’lgan o’tchil o’simliklardir. Ildizpoyasidan barglari vertikal holda uzun bandlari bilan joylashadi va uchida 4 bargcha (sebargaga o’xshash) bo’ladi. Soruslar ichida yig’ilgan mikro- va megasporangiyda sporalar etishadi hamda tashqi tomondan qobiq bilan yopilgan bo’lib unga sporakarpiy deyiladi.
Sporakarpiy oyoqchaga ega, u barg bandidan chiqadi. Sporakarpiy
sporangiylarni noqulay omillardan himoya qiladi va sporalar uzoq yillar
hayotchanligini yo’qotmaydi. Marsilea turkumi turlari issiq iqlimli hududlarda keng tarqalgan. Ayniqsa to’rt bargchali marsiliya (M. quadrifolia) turi ko’p uchraydi. Barg bandi juda uzun bo’ladi. Keng tarqalgan turlarining yosh barglari va sporakarpiysi ovqatga ishlatiladi.[7-49b]
Salviniyakabilar kichik ajdodi – Salviniadae. Mazkur kichik ajdod bitta qabila salviniyanamolar - Salviniales va 2 ta oila (Salviniyadoshlar - Salviniaceae) va (Azolladoshlar - Azollaceae) va shu oilalar nomi bilan yuritiladigan 2 ta turkum hamda 16 ta turdan tashkil topgan. Ular ko’proq tropik va subtropik hududlarda, ayrim turlari esa mo’tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Salviniya – Salvinia turkumining yer yuzida tarqalgan 10 ta turidan O’rtaOsiyo hududida faqat bitta suzuvchi salviniya (suv qirqqulog’i) – Salvinia natansturi uchraydi (10-rasm). Bu tur Janubiy Yevropa, Sibir, Uzoq Sharq, Kavkazda ham tarqalgan.Salviniya nomi XVII asrda yashagan italiyan olimi A. Salvini nomiga qo’yilgan.
Salvinia natans – O’zbekistonda ko’llarda, sholipoyalarda uchraydi. U suvning yuzasida qalqib o’sadigan bir yillik o’simlik. Poyasi 10-15 sm uzunlikda, ingichka. Poyasining har bir bo’g’imida suzuvchi barglari halqasimon joylashgan. Ikkita bargi ovalsimon bo’lib, o’ziga hos tukchalar bilan qoplangan. Uchinchi bargi esa ipsimon kesilgan bo’lib, suv ostida joylashgan va o’simlikning suvdan oziqlanishi uchun xizmat qiladi.
Salviniyaning haqiqiy ildizi bo’lmaydi. Poyasi va bargining anatomik tuzilishi uning suv muhitida yashashga moslashganligini bildiradi. Poyasining markazida konsentrik tipdagi bitta o’tkazuvchi bog’lam mavjud. Birlamchi po’stloq qavati yaxshi taraqqiy yetgan, unda yirik havo saqlovchi qismlari bor. Poyaning tashqi tomoni epidermis bilan o’ralgan. Bargning ustki va ostki tomoni ham epidermis bilan qoplangan. Epidermisida labchalar bo’lmaydi. Salviniyaning suvga botgan bargining qo’ltig’ida soruslar (sporakarpiylar) joylashgan. Mikrosorusda 500 tagacha, megasorusda esa 25 tagacha sporangiylar taraqqiy yetadi. Megasporangiyada bitta, mikrosporangiyada 32 ta yoki 64 ta spora hosil bo’ladi. Salviniyalarda gametofit juda reduksiyalangan va ayrim jinsli. Kuzda mikrova megosoruslar suvning ostiga cho’kadi. Sorusning devori asta-sekin chirigandan so’ng, mikro va megosporangiyalar yana suvning yuzasiga ko’tariladi. Sporalar sporangiyalarning ichida o’sib, gametofitni hosil qiladi. Mikrosporadan taraqqiy yetgan erkaklik gametofit bir necha vegetativ hujayralardan va 2 ta anteridiydan iborat. Har qaysi anteridiyda 4 tadan ko’p xivchinli spermatozoidlar taraqqiy etadi. Urg’ochi gametofitda uchta arxegoniy taraqqiy yetadi. Urug’lanishdan so’ng urg’ochi gametofitdan yangi sporafit taraqqiy yetadi.






Yüklə 180,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin