Qishloq aholi


 Ishlab chiqarish omilining ta’siri



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

4.1.4. Ishlab chiqarish omilining ta’siri
Ishlab chiqarish omilining ta’siri. 
Aholi istiqomat qiladigan 
tuzilmani shakllantirishda ishlab chiqarish bilan bog‘liq omilning roli 
kattadir. U qishloq xo'jalik ixtisoslashuvini, korxonalar quw atini, 
istiqomat zonasining oMchamlarini, turar-joy va jam oat binolarining 
turlarini belgilab beradi.
Ishlab chiqarish zonasining aholi istiqomat qiladigan zonaga 
nisbatan joylashuvi ichki va tashqi aloqalar xususiyatini belgilab 
beradi. Zararlik toifasiga ko‘ra ishlab chiqarish zonasini istiqomat 
zonasiga nisbatan joylashuvining uchta varianti bajariladi: istiqomat 
zonasi tuzilmasi ichida, uning chegarasida va uning tashqarisida.
Ishlab chiqarish zonasi (masalan: yirik chorvachilik komplekslari 
va shu kabilardan iborat zonalar) istiqomat zonasidan tashqarida 
joylashtirilganida uning istiqomat zonasining kompozitsiyasiga ta’siri 
katta boMmaydi. Odatda, ishlab chiqarish zonasi bilan bogManish bitta 
piyoda-transport tarmogM orqali amalga oshiriladi (4.1.4.1a-rasm, 
4.1.4.1b-rasm).
Istiqomat zonasi chegarasida joylashgan ishlab chiqarish zonasi 
(tarkibida 
qishloq 
xo ‘jalik
texnikasini 
ta ’mirlash 
va 
saqlash 
korxonalari, issiqxonalar, 
qishloq xo ‘jalik mahsulotlarini qayta 
ishlash va saqlash korxonalari va shu kabilar boMgan zona) ishchilar 
oqimini jalb qiluvchi mehnat markazi hisoblanadi (4.1,4.2a-rasm, 
4.1.4.2b-rasm). Qayd etilgan variantlarda qishloq aholi punktlarining 
yagona ijtimoiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etilishi optimal 
variant sifatida qabul qilinishi mumkin.
Aholi istiqomat qiluvchi zonalarda ishlab chiqarish zararliklarisiz, 
shovqinsiz, intensiv transport oqimlari boMishi talab qilmaydigan 
korxona va m uassasalar (umumiy ovqatlanish, kommunal-maishiy 
m uassasalari, o ‘quv-ishlab chiqarish va ilmiy komplekslar, halq 
hunarmandchiligi 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
kichik 
korxonalar)
178


joylashtiriladi. Odatda, bu kabi korxona va muassasalar (jamoat 
markazi bilan bir qatorda) aholi punkti kompozitsiyasida ustuvor 
maqomga ega bo‘lib, asosiy aloqalami jalb qiluvchi markazlar 
vazifasini bajaradilar (4.1.4.3a-rasm, 4.1.4.3b-rasm).
Komplekslar, ishlab chiqarish zonasi va uning uchastkalarini aholi 
istiqomat qiladigan zonaga nisbatan joylashtirilishi bir tomonlama, 
ikki tomonlama va perimetr bo'yicha bo'lishi mumkin.
Bir tomonlama iovlashtirishda ishlab chiqarish korxonalari aholi 
istiqomat qiluvchi zonaning bir tomonida joylashtiriladi. Bunday 
holatlarda jam oat markazi zonalar chegarasida joylashtirilib, umumiy 
m e’moriy-rejali yechimning muhim mazmuniy va shahar tashkil 
qiluvchi b o 'g 'in i hisoblanadi. Ishlab chiqarish zonasining bir tomon­
lama joylashtirilishi butun xo'jalikning transport va muhandislik 
kommunikatsiyalari hamda me’moriy-rejali tashkil etilishi bilan 
bog'liq masalalarini aniq va oqilona hal qilish imkoniyatlarini 
yaratadi.
Ikki tomonlama iovlashtirishda ishlab chiqarish zonasi aholi 
yashaydigan zonaga nisbatan alohida joylashgan ikki va undan ortiq 
ishlab chiqarish hududlaridan iborat bo'ladi. Joylashtirishning bunday 
varianti m e’moriy-rejali tuzilmasi shakllanib ulgurgan qishloq aholi 
punktlari uchun xosdir.
Burchakli iovlashtirishda posvolkaning m e’moriy-rejali tuzilmasi 
ishlab chiqansh yo'nalishida, transportda tashiladigan yuk oqimlarini 
zona tashqarisiga chiqarish uchun transport kommunikatsiyalarini 
periferiyada tashkil qilish bilan rivojlanadi. Bunda qishloq aholi 
punktiga kiraverishda yagona jam oat-ishlab chiqarish markazini yoki 
alohida ma’muriy markazni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar 
yaratiladi.
Yonma-von iovlashtirishda alohida ishlab chiqarish hududlari 
qishloq aholi punktining aholi yashaydigan zonasining bir tomonida 
joylashtiriladi. 
Bu 
kabi 
joylashtirish 
varianti 
qo'llanilganida 
posyolkaning ishlab chiqarish va aholi istiqomat qilish zonalarining 
istiqbolda rivojlanishi uchun sharoitlar yaratiladi. Jamoat markazi 
«ishlab chiqarish-istiqomat» deb nomlanuvchi shaharsozlik va 
funksional tizimdagi bog'lovchi element vazifasini bajaradi.
Ishlab chiqarish zonasining hududlari, sektorlari yoki uchastkalari 
va istiqomat qilish zonalari qutbli joylashtirilganida bu zonalar aholi 
punktining m e’moriy-rejali tuzilmasining qarama-qarshi tomonlarida
179


boMadi. Bu kabi joylashtirishda ayrim hollarda yordamchi xizmatlar, 
transport-muhandislik kom munikatsiyalami birlashtirish imkoniyatlari 
boMmasligi mumkin, bunday holat, o ‘z navbatida, obyektlami qurish 
va ulardan foydalanishni qim m at boMishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish uchastkalari va sektorlarini aholi istiqomat 
qiluvchi zona perimetri bo‘yicha joylashtirish - rekonstruksiya bilan 
bogMiq turli chora-tadbirlam ing asoslangan va kompleks loyiha 
hujjatlarisiz amalga oshirilishi natijasida shakllanadi. Ko'rilayotgan 
holatda «ishlab chiqarish-istiqom at» funksional tizim ining o ‘ta 
murakkablashishi kuzatiladi, natijada, qishloq aholi punktining butun 
hududidagi m e’m oriy-rejali tuzilm a shakllanishi va rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish obyektlarining bunday 
joylashuvida alohida ishlab chiqarish obyektlarini aholi punktining 
ishlab chiqarish zonasida biriashtirishga qaratilgan rekonstruksiya 
ishlari bajarilishi lozim.
Shunday qilib, qishloq aholi punktlarini loyihalashtirishda ishlab 
chiqarish om illarinining hisobga olinishi ishlab chiqarish va aholi 
istiqomat qilish zonalari o'zaro joylashishining optimal yechimlari 
uchun sharoitlar yaratib beradi, natijada, qishloq aholi punktlari 
qurilishida rejaviy va m e’moriy-estetik sifatlar yanada ortishiga 
xizmat qiladi.

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin