Qishlоq хo`jаligidа ijtimоiy infrаtuzilmаni rivоjlаntirishning zаruriyati vа аhаmiyati



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/6
tarix17.06.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#132090
  1   2   3   4   5   6
QISHLОQ ХO`JАLIGIDА IJTIMОIY INFRАTUZILMАNI RIVОJLАNTIRISHNING ZАRURIYATI VА АHАMIYATI.


QISHLОQ ХO`JАLIGIDА IJTIMОIY INFRАTUZILMАNI RIVОJLАNTIRISHNING ZАRURIYATI VА АHАMIYATI.
Reja:



  1. Infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.

  2. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.

  3. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar.


1. Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi.


Infratuzilma so’zi lotincha “infrastructure” so’zidan olingan bo’lib,
“infra” - quyi, asos va “structure” - tuzilish, joylashish kabi ma’nolarni anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor “zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi” sifatida muomalaga kiritilgan bo’lsa, 1940-yillarga kelib g’arb davlatlarida infratuzilma “ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shartsharoitlar yaratuvchi subyektlarning yaxlit bir tarkibi” sifatida qo’llanila boshlandi.
Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi hisoblanib, ko’rsatayotgan turli yo’nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni to’la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish faoliyatini o’z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Infratuzilma tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanadigan poydevordir. Iqtisodiyot tarmoqlari ishining uyg’unligi, ularning samaradorligi, shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o’zlashtirish imkoniyati infratuzilma tizimi rivojining holati va darajasiga bog’liqdir.
Infratuzilma sohalari mustaqil ravishda pirovard mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqrish jarayoniga xizmat ko’rsatish orqali yakuniy natijalarga ta’sir ko’rsatadi.
Infaruzilma sohalarini ma’lum belgilari bo’yicha guruhlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma sohalarini guruhlash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • infratuzilma alohida elementlari va sohalarining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi o’rnini aniqlash;

  • tarmoqlararo aloqalarni o’rganish va shu asosida asosiy ishlab chiqarish va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalar o’rtasida optimal mutanosiblikni o’rnatish;

  • tarmoqlarning boshqaruv jarayonini takomillashtirish va shu orqali yuqori samaradorlik darajasiga erishish.

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining hajmi tarmoqning ishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan birga xizmat qiluvchi sohalarning rivojlanganlik darajasiga ham bevosita bog’liq. Infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Xomashyo, material va tayyor mahsulotning o’z vaqtida olib kelinishi xo’jalik aylanmasida bo’lgan resurs hajmini belgilaydi. Elektrlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur’atda o’sishiga nafaqat qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish mablag’larining miqdoran o’sishi hisobiga, balki mablag’ resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan xizmat tizimi tashkil etilishi hisobiga ham erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish vazifalari ham o’zgaradi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining asosiy maqsadi tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga shart-sharoit yaratish va qishloq aholisining turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilishdir. Infratuzilmaga kiradigan sohalar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va ishlab chiqarish jarayonida o’ziga xos o’rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha turkumlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun sohaning jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o’rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o’rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko’rsatish tarmoqlari orasida optimal muvozanatni belgilashda ko’maklashadi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turkumlanishi 1-rasmda keltirilgan.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin