Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar. Kecha va bugun


-jadval O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi



Yüklə 73 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#158225
1   2   3
Melio 15-mavzu

1-jadval
O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi



Маҳсулотлар тури

Меъёр бўйича,
кг

Ҳақиқатда, кг

1991 йилда
меъёрга нисбатан, %да

2012 йилда

1991
йилда


2012
йилда

меъёрга
нисбатан, %да

1991 йилга нисбатан, %да

Мева

56,4

24,0

67,5

42,6

119,7

281,2

Узум

25,6

24,0

40,0

93,8

156,3

166,7

Сабзавот

113,0

138,6

259,0

122,6

229,2

186,9

Картошка

50,6

15,1

68,5

29,8

135,4

453,6

Полиз

19,3

39,0

47,3

202,1

245,1

121,3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi.

Mustaqillik yillarida agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan izchil islohotlar tufayli mamlakatimizda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarini iste’mol qilish miqdori ham barqaror o‘sib bormoqda. Jumladan, 2012 yilda aholi jon boshiga go‘sht ishlab chiqarish (so‘yilgan vaznda) 36,7 kg.ni (talabga nisbatan 91,8 %), sut 247,5 kg.ni (talabga nisbatan 176,8 %) va tuxum 131 donani (talabga nisbatan 108,4 %) tashkil etdi.


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash
borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
So‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining real tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, agrar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va yangi bosqichga ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan, Prezidentimiz tomonidan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshka yetishtirish kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash orqali tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da aniq bayon etilgan. Ushbu Konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda 2011-2015 yillar mobaynida:
1) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 17,5 %dan 13,5 %ga pasaytirish;
2) qishloq xo‘jaligida ilg‘or agrotexnologiyalar, resurslarni tejaydigan usullarni joriy etish, seleksiya va urug‘chilik tizimini rivojlantirish hisobidan ekinlar hosildorligini oshirishga erishiladi. Bunda mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini 15 %ga oshirish, suv sarfini 12 %ga kamaytirish;
3) meva-sabzavot tayyorlashni 1,5 barobar, kartoshka yetishtirishni 1,4 barobar, poliz va uzumni 1,3 barobar ko‘paytirish;
4) naslchilik ishlarini takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar va modernizatsiya natijasida naslchilik xo‘jaliklari sonini 2,5 barobar, ozuqa ekinlari maydonini 1,3 barobar oshirish;
5) zooveterinariya punktlarini zamonaviy jihozlash, xizmatlar sifatini oshirish hisobidan chorva mollari sonini 1,3 barobar, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish;
6) parrandachilik va baliqchilik tarmoqlari rivojiga alohida ahamiyat qaratib, parrandalar sonini 1,8 marta oshirib, 670 ta baliqchilik xo‘jaligi tashkil etish;
7) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash quvvatlari va qayta ishlash hajmini kengaytirish tadbirlari doirasida qishloqlarda zamonaviy minitexnologiyalar negizida qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish orqali meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarishni 1,7 barobar, go‘sht konservalarini 2,2 barobar, kolbasa mahsulotlarini 1,8 barobar, sut mahsulotlarini 1,9 barobar oshirish;
8) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish va melioratsiya texnikalarini xarid qilish bo‘yicha qariyb 500 million dollarga teng bo‘lgan loyihalar hisobidan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash;
9) qishloq xo‘jaligi texnikasi parklarini kengaytirish, ularni sifat jihatdan yangilash, fermerlarni unumli qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlash, xizmat sifatini yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim prognoz vazifalari belgilangan.
Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami 575 gektar yer maydonlarida intensiv bog‘lar barpo etildi. Bu bog‘larda yuqori iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo‘lgan mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bunday bog‘larning yaratilishi mamlakatimiz aholisini sifatli meva mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini yaratadi. Birgina 2011 yilning kuzi va 2012 yilning bahorida jami 7661 gektar maydonda yangi mevali bog‘lar, shundan 2110 gektar yer maydoniga intensiv bog‘lar barpo etish, 8518,8 gektar maydondagi bog‘larni qayta ekish rekonstruksiya qilindi.
Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir me’yorda ta’minlab borish uchun keng tarmoqli sovutish kameralariga ega bo‘lgan omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 105-sonli Qaroriga muvofiq, aholi va tashqi bozorlarga yil davomida muntazam meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 2011 – 2015 yillarda 120,8 ming tonna sig‘imga ega yangi sovutish kameralarini qurish va 49,1 ming tonna sig‘imga ega mavjud sovutish kameralarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish vazifasi, birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va irrigatsiya-melioratsiya holatiga bog‘liq. Ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda ekinlarning hosildorligi sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan 50-60 %ga, o‘ta sho‘rlangan yerlarda esa 90-100 %ga past bo‘lishi aniqlangan. O‘tgan yillar davomida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktabrdagi “Yerlarni meliorativ holatini yaxshilashning tizimlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008 – 2012 yillarda yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Dasturda meliorativ tizimlarni rivojlantirish va takomillashtirish xamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan quyidagi tadbirlar majmuasini amalga oshirish mo‘ljallangan:
1) magistral va xo‘jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni, meliorativ nasos stansiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq drenajlarni tiklash;
2) meliorativ nasos stansiyalari, gidrotexnika va suv o‘tkazuvchi inshootlar va boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;
3) suv xo‘jaligi qurilishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin