Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar. Kecha va bugun


-jadval O‘zbekistonda meliorativ tadbirlarlarga ajratilgan mablag‘lar (mlrd.so‘m hisobida)



Yüklə 73 Kb.
səhifə3/3
tarix20.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#158225
1   2   3
Melio 15-mavzu

2-jadval
O‘zbekistonda meliorativ tadbirlarlarga ajratilgan mablag‘lar (mlrd.so‘m hisobida)



Тадбирлар номи

Жами
2008-2012

йилларда

Шу жумладан:

2008 й.

2009 й.

2010 й.

2011 й.

2012 й.

Мелиоратив объектларни реконструкция қилиш ва қуриш ишлари

316,8

22,4

57,3

63,8

81,6

91,7

Мелиоратив объектларни таъмирлаш ва тиклаш ишлари

315,8

38,6

48,1

59,2

77,0

92,9

Лизинг асосида мелиоратив техникалар етказиб бериш

125,8

29,3

25,4

27,2

20,0

23,9



Жами



758,5

90,3

130,8

150,2

178,6

208,5

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirishga davlat budjetidan mablag‘lar ajratish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, 2008 yilda bu maqsadlar uchun jami 90,3 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2012 yilga kelib bu ko‘rsatkich 208,5 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan 2008 – 2012 yillarda jami ajratilgan mablag‘lar qiymati 758,5 milliard so‘mni tashkil etdi.


Sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning ilg‘or, zamonaviy usullarini joriy etishning ahamiyati katta. Chunki respublikamizdagi suv tanqisligi sharoitida sug‘orishning zamonaviy usullarini qo‘llash orqaligina aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tobora o‘sib borayotgan tabiiy ehtiyojini qondirish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizning bir qator hududlarida ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekistonda 1571 gektar yerga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi, 543 gektarga egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish tizimi, 753 gektarga ko‘chma va egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish tizimi joriy etildi.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar natijasida:
– sug‘oriladigan yerlarda yer osti suvlari sathi va sho‘rlanish darajasi pasayib, ekin maydonlarining meliorativ holati yaxshilanmoqda;
xo‘jaliklarni suv bilan ta’minlash tizimi yaxshilanib bormoqda;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi ortib, xo‘jaliklarning daromadlari yuksalmoqda.
Pirovard natijada esa yerlarning unumdorligi, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi sezilarli darajada oshmoqda.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishda tarmoqni yuqori unumli texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashning ahamiyati beqiyosdir. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan haydov va chopiq traktorlari hamda qishloq xo‘jaligi mashinalarining katta qismi eskirib, o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani sir emas. Shuningdek, bunday texnikalarning ish unumi, yoqilg‘i sarflash me’yorlari zamonaviy talablarga to‘liq javob bermasligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish tannarxi oshib ketmoqda. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligiga yuqori unumli, zamonaviy va resurslarni tejaydigan texnikalarni jalb etish, bu borada, avvalo, chet elning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash talab etiladi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish dasturida dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning chorvachilik tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan tarmoqlardan biri bo‘lishiga qaramay, sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan, chorva mollarining mahsuldor va kasalliklarga chidamli zotlarining yetishmasligi, chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasini yaratish borasidagi masalalar shular jumlasidandir.
Respublikamiz hukumatining chorvachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish dasturlarida asosiy e’tibor chorva mollarining naslini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, tarmoqda servis xizmatini rivojlantirish va chorvachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Buning uchun:
– chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash;
– naslchilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash;
– tarmoqda servis xizmati, jumladan, zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish sifati va assortimentini oshirish;
– parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik sohalarini rivojlantirish;
– chorva mollarini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;
– ozuqa ekinlari maydonlarini kengaytirish va optimal joylashtirish, lalmi yerlarda chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish ko‘lamini kengaytirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda yurtimizda chorvachilik taraqqiy etgan mamlakatlardan zotdor mollarni olib kelib, chorva mollarining naslini yaxshilashga jiddiy e’tibor berilyapti. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, ushbu maqsad uchun so‘nggi yillar davomida respublikamizga xorijdan jami 23286 bosh naslli qoramol keltirilgani diqqatga sazovor. Bundan tashqari, mamlakatimizda chorvachilikning parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarini rivojlantirish borasida ham maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan va ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi xalqimizning chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini barqaror qondirishga muhim hissa qo‘shishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”. 2008.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. -T.: “O‘zbekiston”, 1996.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.

  4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.

  5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.

  6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. –T.: O‘zbekiston, 1997.

  7. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan. 6-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1998.

  8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1999.

  9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2000.

  10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2001.Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2002

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin