YuMB va kolloid eritmalarning sifatini baholash Тayyorlangan YuMB va kolloid eritmalar sifatini baholash qolgan dori shakllaridagi kabi, ya’ni hujjatlar (pasport, retsept) tekshiriladi. Yorliqlarning rangi, eritma hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo‘qligi, hajmiy chetlanishi tekshiriladi. Eritmalarda loyqalanish kuzatilishi mumkin.
ТOPSHIRIQLAR
Тahlil uchun retseptlar: 1. Oling: Pepsin
Xlorid kislotasi teng miqdorda 4,0
Тozalangan suv 200 ml
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh
qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin.
2. Oling: Pepsin
Xlorid kislota eritmasi 3% — 180 ml
Qand sharbati 10 ml
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh
qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin.
3. Oling: Belladonna ekstrakti 0,2
Natriy salisilat 6,0
Glitserin 20,0
Yalpiz suvi 180 ml
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh
qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin.
4. Oling: Ammoniy xlorid 2,0
Kodein fosfat 0,2
Chuchukmiya ildizi ekstrakti 6,0
Тozalangan suv 200 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh
qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin.
5. Oling: Jelatin eritmasi 5%—50 ml
Bering. Belgilang. 1 desert qoshiqdan
har ikki soatda ichilsin.
6. Oling: Jelatin 3,0
Qand sharbati 10 ml
Тozalangan suv 100 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh
qoshiqdan har soatda ichilsin.
7. Oling: Kraxmal shilimshig‘i 50,0
Natriy bromid 1,5
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 2 ta
klizma uchun.
8. Oling: Kollargol eritmasi 0,5%—100 ml
Bering. Belgilang. Yuvish uchun.
9. Oling: Protargol 0,5
Glitserin 3,0
Тozalangan suv 30 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga
qo‘llash uchun.
NAZORAТ SAVOLLARI 1. Farmatsevtika amaliyotida qanday YuMB eritmalar
qo‘llaniladi?
2. YuMB lar eritmasi qanday xossaga ega?
3. Jelatin eritmasini tayyorlashning o‘ziga xosligi nimadan
iborat?
4. Pepsin va xlorid kislotasidan tashkil topgan miksturalarni tayyorlashda ingrediyentlarni qanday tartibda aralashtirish lozim?
5. Pepsin eritmasini filtrlash mumkinmi?
6. Miksturalar tarkibiga ekstraktlar qanday qo‘shiladi?
7. Kraxmal eritmasi qanday tayyorlanadi?
8. 5% li xloralgidrat eritmasini mikroklizma uchun berish mumkinmi?
9. YuMB eritmalari tarkibiga elektrolitlar va spirt qanday qo‘shiladi?
10. Farmatsevtika amaliyotida qo‘llaniladigan qaysi kolloid preparatlarini bilasiz?
11. Kollargol va protargol eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xosligi nimadan iborat?
12. Nima uchun kollargol va protargol eritmalarini tayyorlash texnologiyasi bir-biridan farq qiladi?
13. Kollargol va protargol eritmalarini filtrlash mumkinmi?