Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qobiliyatlar Qobiliyat turlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə5/8
tarix24.11.2022
ölçüsü86,7 Kb.
#70210
1   2   3   4   5   6   7   8
Qobiliyatlar haqida tushuncha Umumiy va maxsus qibiliyatlar Qobi

1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo`lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo`lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo`lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta`minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o`z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo`linadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo`l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo`linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo`lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta`minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto`g`ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta`sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar
topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega bo`lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o`tirishning hojati yo`q.

Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig`indisi ta`sirini ko`zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo`lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug`ma spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.


Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san`at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o`z navbatida mayda turlarga bo`linadi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo`lishini, og`zaki mantiqiy xotirani, qat`iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo`lgan qobiliyatlar.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin