Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə15/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Birlik so‘zi turtki so‘z.
Birlik – ko‘ngil bilan gulning birligi,
Birlik – vijdon bilan tilning birligi.
Birlik – to‘qson ikki bovli o‘zbekning –
Ertadan umidvor elning birligi.


O‘tdik so‘zi turtki so‘z.
Bu yo‘lda biz necha qo‘rg‘ondan o‘tdik,
Adirlar, qumlardan, darg‘ondan o‘tdik.
Shoshmay, lekin qaytmay, haq deb har doim,
Bizdan ancha oldda borg‘ondan o‘tdik.
Ba’zan gaplar takrorlanib, stimul so‘zni hosil qiladi.
Sendan xabar keltirsa gapi turtki so‘z.
Sendan xabar keltirsa,
Men o‘pardim shamolni.
Yo‘q bo‘lsa ham lablari.
Yo‘q bo‘lsa ham gaplari.


Sendan xabar keltirsa,
Amudaryo, Sirdaryo.
Derdim, aziz diyor-da
Mening qush baxtim bor-da….
O.Matjonning sarlavhasiz she’rlarida turtki so‘zning undalma vazifasini bajargan birliklardan tashkil topishi ham kuzatiladi.
Ey zot undalmasi turtki so‘z.
Ey zot, xanjar bilan sen dam talashma,
Olam uyindasan, olam talashma.
Mening o‘z dardimdir elimning dardi,
O‘z darding bo‘lmasa, qalam talashma.


Tulporlar, hoy! undalmasi turtki so‘z.
Tulporlar, hoy! Qora qirni uyg‘oting,
Mudroq xomrezani yoki qiling bas,
Sizning ul uchishlar bo‘lmasa, bu yer –
Keraksiz bo‘shliqdir, beun va bekas.
Turtki so‘z she’rda radif vazifasini bajargan birliklardan tashkil topadi.
O‘xshamas radifi turtki so‘z.
Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas…



Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin