Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə16/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Vaqting bo‘ldi radifi turtki so‘z.
Ochil, ey gul, gul vaqting bo‘ldi,
Uyg‘on, ey dil, dil vaqting bo‘ldi.
Yetar ming bir kecha ertaga,
Tong sirlarin bil, vaqting bo‘ldi…
Xullas, O.Matjonning sarlavhasiz she’rlarida turtki so‘z alohida ajralib turadi. Assotsiativ birliklar shu turtki so‘zning ma’nosini, u anglatgan predmet, hodisaning mohiyati, shakli, vazifasi kabilarni ochib berishga xizmat qiladi.
O.Matjon she’rlarida assotsiativ aloqa turtki so‘z – so‘z, turtki so‘z –so‘z birikmasi, turtki so‘z – gap munosabatida uchraydi. O.Matjonning quyidagi she’rda shu holatni kuzatish mumkin:
Temirchining kafti tomirband, qadoh,
Tabibning qo‘llari toza va yumshoq.
Dehqon panjasida tuproq hidi bor,
Ammo, o‘g‘ri qo‘llar... Hamisha titroq!
Ushbu to‘rtlik sarlavhasiz she’r bo‘lib, unda turli kasbdagi kishilar qo‘lining holati tasvirlangan. Shoir inson qo‘llarini ko‘z oldiga keltirar ekan, qo‘l egalarining kasb-kori, ular tortgan mashshaqqat xotirasida tiklangan. She’rda ifodalangan mazmun va unda qatnashgan birliklarning qo‘llanish darajasi asosida bu she’rda qo‘llar so‘zini turtki so‘z deya olamiz. Ushbu turtki so‘z bilan bog‘liq holda she’rda so‘z shaklidagi tomirband, qadoh, toza, yumshoq assotsiativ birliklari yuzaga kelgan. Xarakterli jihati shundaki, bu birliklarning barchasi turtki so‘z bilan bevosita bog‘lanmagan.
Tomirband, qadoh qo‘llar so‘zlari temirchi qo‘li assotsiatsiyasiga nisbatan; toza, yumshoq assotsiatsiyalari tabibning qo‘liga nisbatan; tuproq hidi assotsiativ birligi dehqon panjasiga nisbatan hosil bo‘lgan assotsiatsiyalardir.
She’rda qo‘llar turtki so‘ziga nisbatan hosil bo‘lgan va u bilan bevosita assotsiativ bog‘langan so‘z birikmasi shaklidagi assotsiativ birliklarga quyidagilar kiradi: temirchining qo‘li, tabibning qo‘li, dehqon panjasi, o‘g‘ri qo‘llar assotsiativ birliklari yuzaga kelgan. Tuproq hidi assotsiatsiyasi esa dehqon panjasiga nisbatan hosil bo‘lgan, stimul so‘z bilan bilvosita bog‘langan so‘z birikmasi shaklidagi assotsiativ birlik hisoblanadi.
Berilgan she’rda gap shaklidagi Hamisha titroq! assotsiativ birligi ham mavjud bo‘lib. U qo‘llar turtki so‘ziga bevosita bog‘lanmagan, balki o‘g‘ri qo‘llar assotsiativ birligiga nisbatan hosil bo‘lgan.
Ko‘rinadiki, O.Matjonning tahlil qilingan ushbu she’rida qo‘llar turtki so‘zi bilan bevosita va bilvosita bog‘langan so‘z, so‘z birikmasi va gap tuzilishdagi assotsiativ birliklar she’rning tayanch qurilish birliklari vazifasini bajarib, uning yaxlit semantik-sintaktik struktura sifatida shakllanishiga xizmat qilgan.
O.Matjon she’rlarida turtki so‘z va assotsiativ birlik o‘rtasida quyidagi assotsiativ aloqa ko‘rinishlari kuzatildi:
1. To‘g‘ridan to‘g‘ri assotsiativ aloqa.
2. Bog‘li assotsiativ aloqa.
3. Aralash assotsiativ aloqa.
She’rda qo‘llangan assotsiativ birliklar turtki so‘z bilan bevosita bog‘lansa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri assotsiativ aloqa yuzaga keladi. Masalan, Bu ne oyina uy, ne billur qasr, Nurlar, sharpalarning bu qanday raqsi?! (“Uy”) misrasida qo‘llangan oyina uy, billur qasr assotsiatsiyalari uy turtki so‘zi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan.
O.Matjon she’rlarida bir-biri bilan ketma-ket bog‘lanib, bog‘li assotsiativ aloqani hosil qilgan assotsiativ birliklar ham uchraydi. Masalan:
Men bugun Xivada viqorli turgan
Asriy yodgorlardan tuyarkan ma’ni,
Dedim: umr hikmatin bobongdan o‘rgan,
Asramoqni o‘rgan Ichon qal’ani!
Ushbu she’riy parcha “Bir Xiva ikki qal’a” she’ridan olingan. Ushbu shye’rning Bir Xiva – ikki qal’a sarlavhasi turtki so‘z vazifasini bajarib kelgan. Unga nisbatan she’rda qo‘llangan quyidagi assotsiativ birliklar ketma-ket bog‘li aloqani hosil qilgan: Xiva – viqorli turgan asriy yodgorlar(dan) – (yodgorlardan) ma’ni tuymoq – demoq – Umr hikmatin bobongdan o‘rgan, Asramoqni o‘rgan Ichon qal’ani.
She’riy matnda turtki so‘z bilan bevosita va bilvosita bog‘lanib kelgan assotsiativ birliklar aralash assotsiativ aloqani hosil qiladi. Aralash assotsiativ aloqa O.Matjonning sarlavhasiz quyidagi to‘rtligida kuzatiladi:
Suv ham odamlardek yashab, o‘ladi
Ruhi bulut bo‘lib ko‘kda yeladi.
Yelkasidan oxir joy bergach tog‘lar,
Oqlanib-poklanib qaytib keladi.
Ushbu to‘rtliqda suv turtki so‘ziga assotsiativ birliklar quyidagicha bog‘langan: suv – odamlardek yashamoq; suv – (odamlardek) o‘lmoq; o‘lmoq – ruhi bulut bo‘lib ko‘kda yelmoq; suv – (suvga) tog‘lar yelkasidan joy bermoq; suv – oqlanib-poklanmoq; suv – (oqlanib-poklanib) qaytib kelmoq.
Ko‘rinadiki, she’rdagi o‘lmoq – ruhi bulut bo‘lib ko‘kda yelmoq assotsiativ juftligidan tashqari barcha assotsiativ birliklar bevosita suv turtki so‘ziga bog‘lanib kelgan.
Xullas, O.Matjon she’rlarida struktur jihatdan rang-barang assotsiativ birliklar uchraydi. Uning yuqoridagi she’rida so‘z, so‘z birikmasi va gap shaklidagi assotsiativ birliklar qo‘llangan. Shoir she’rlarida bir vaqtda bir necha assotsiativ tarmoqlarning hosil bo‘lganligi kuzatiladi. Bunday assotsiativ tarmoqlar so‘zlarning bog‘li assotsiativ aloqasi asosida yuzaga kelgan. Assotsiativ birliklar muallifning kommunikativ niyati, tashqi olam haqidagi bilim va tasavvurlari, ichki dunyosini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Rus tilshunosi V.V.Xomich qayd etganidek, “kichik hajmli badiiy hikoyalar matni strukturasidagi matniy assotsiativ maydonlarning tayanch so‘zlari tahlili nihoyatda muhim bo‘lib, ular matn mazmunining shakllanishiga, muallif ifoda etmoqchi bo‘lgan g‘oyani yuzaga chiqarishga, muallif obrazining namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi”.57



Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin