Tun cho‘kkanda – kechqurun Uylar meni etar band, Deyman, rangini tunning Qalamga etsam payvand.
Mulki zulmat shu ko‘yi Tushsayu oq varaqqa, Uning qora yuzini Solib qo‘ysam chiroqqa. Ushbu she’riy parchada tun – kechqurun, tun – (qora) qalam, mulki zulmat (tun) – qora yuz assotsiativ juftliklari uchraydi. Ular ham an’anaviy tun – qora assotsiatsiyasi asosida shakllangan bo‘lib, qora tunning badiiy tasviri uchun xizmat qilgan.
O.Matjon she’rlarida tun leksemasi bevosita qora leksemasi bilan bog‘lanmasa-da, tavsirda tun – qora assotsiatsiyasiga asoslanilganligi sezilib turuvchi o‘rinlar mavjud. Jumladan, quyidagi misrada shoir o‘ziga xos o‘xshatish orqali qora tunni tasvirlagan:
Tun cho‘kdi… Go‘yo to‘nkarildi o‘choqqa qozon. Ushbu misrada qo‘llangan Go‘yo to‘nkarildi o‘choqqa qozon o‘xshatishli qurilmasi tun – to‘nkarilgan qora qozon individual assotsiatsiyasi asosida yuzaga kelgan bo‘lib, tunning qoraligiga ishora qilib turadi.
Shoir she’riyatida tunning rangi bilan aloqador bo‘lmagan boshqa individual assotsiatsiyalarni ham uchratish mumkin:
O, tun – so‘lim dengiz... Mayoqchi kabi Suluv hamrohim-la shaylayman qayiq. Ufq – o‘tgan kunning qizg‘ish ko‘lmagi, Yo‘ldoshim ro‘molin chayar cho‘nqayib.
Tun dengizmas, go‘yo olis xotira, Yulduzot qaysidir unut bo‘lgan joy... Hammasin yutmoqchi kabi bir sira, Ortda oq cho‘rtandek kelar yarim oy. Ushbu she’rda tun – so‘lim dengiz, tun – olis xotira assotsiativ juftliklari kuzatiladi. Ular individual xarakterda bo‘lib, shoirning tun bilan bog‘liq xayoliy tasavvurlaridan darak beradi.
Shunisi e’tiborliki, O.Matjonning o‘zi ham she’rlarida tun bilan qora leksemasini assotsiativ tarzda bog‘lasa-da, “Eng uzun kechada” nomli she’rida tunga azaldan ko‘pchilik tomonidan salbiy tavsif berilishiga e’tiroz bildiradi:
Tunga salbiy tashbeh – odati azal, Jami qora xislatunga siylov, toj. To‘xtang, u balki bir hamdamga mahtal, Balki bir mehribon nazarga muhtoj?! O.Matjon she’ri davomida daliliy misollar keltirib, tunning ijobiy jihatlarini keltirib o‘tadi:
Tunmasmi nurli tush, suyuk allalar, Sirli ertaklarga boshlang‘ich maktab? Tunda ko‘z ochmasmi sohir pallalar, Tunda birlashmasmi tuyg‘u bilan ta’b?! Yoki:
Axir ilk ssvgini yomon ko‘zlardan Asramoq emasmi tungi visollar?! Yo uzun kechalar topmasmi yechim Kunduz paydo bo‘lgan sonsiz savollar?! (“Eng uzun kechada”)
Shoir tun haqidagi mulohazalarini davom ettirar ekan, nihoyat tun (qorong‘i kecha)ni oq rang bilan bog‘laydi:
Ana, tashqarida oq qorlar yog‘ar, Nurida hatto she’r mumkin o‘qimoq! Tabiat bulutga iyib hamki zar,