Oq – bu qor. Oq – bu oq kaptar: Qor! Oqlik! U mening nazarimda kumushrang qanotlarini butun borliqqa yoygancha erkalanib yotgan oq kaptarga o‘xshardi. Ushbu parchadan anglashiladiki, shoir tafakkurida oq rang dastlab qor bilan, so‘ngra oq kaptar bilan assotsiativ bog‘langan.
Oq – bu oq qog‘oz: Yaxshi shoir yori – yaxshi g‘oyalar, Yo‘qdir so‘z lashkari olmas qoyalar, Desang, sololmasin yillar soyalar, She’ringni xalq uchun ayt, oqda qoldir, Ruhingni huv alvon bayroqda qoldir! («Baxshiga»)
She’riy parchadan ma’lum bo‘ladiki, she’r leksemasi shoir xotirasida oq qog‘oz birligini tiklagan.
Oq – bu paxta xirmoni: Olis o‘lkalarda qorlanib yotgan Tog‘lar mavzu bo‘lsa bir anjumanga, Bunda paxtadan so‘z ketmaganda ham Yurtimda oq tog‘lar ko‘rinar menga. (“Paxtamiz xususida nutq”)
Shoir ushbu she’riy parchada tog‘ leksemasi bilan bog‘liq holda tasavvurida tiklangan qiziq bir holat haqida ma’lumot bergan. Ya’ni shoir ushbu to‘rtlikda paxta so‘zini eshitmasa ham, tog‘ leksemasi uning tasavvuriga oq tog‘lar, ya’ni paxta xirmonini keltirishini bayon qilgan. Bunday holatda tog‘ – oq tog‘ (paxta xirmoni) birliklari o‘rtasida assotsiativ bog‘lanish yuzaga kelgan.
Anglashiladiki, oq rangi O.Matjon xotirasida, avvalo, oqlik xususiyatiga ega bo‘lgan predmetlar: qor, oq kaptar, oq qog‘oz, paxta xirmonini jonlantirgan. Umuman, oq leksemasining o‘zbek tili egalari xotirasida, avvalo, tabiatda shu rangda uchraydigan paxta, qor, bo‘r, qog‘oz kabilarni tiklashi tabiiy. Bu holat boshqa halqlarda ham kuzatilishi o‘tkazilgan assotsiativ tajribalardan ayon bo‘lgan. A.P.Shustovaning ma’lumot berishicha, V.I.Dalning “Толковый словарь живого великорусского языка”, S.I.Ojegovning “Словарь русского языка”, D.N.Ushakovning “Толковый словар русского языка” va S.A.Kuznesovning «Болшой толковый словар русского языка» lug‘atlarida belыy leksemasiga nisbatan birinchi o‘rinda bu rang bilan aloqador sneg leksemasi qayd etilgan.68 Bu holat ham oq leksemasining til egalariga birinchi navbatda oq rangdagi predmetlarni eslatishidan dalolat beradi.
O.Matjonning quyidagi to‘rtligida esa oq leksemasi ko‘chma ma’noda kelishi natijasida rang tasavvurini hosil qilmagan: