Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


Rusning uyiga ham kirdi darz, alkash



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə25/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Rusning uyiga ham kirdi darz, alkash,
Shundanmi rejalar, yo‘llar goh chalkash,
Shundanmi o‘z joyin tashlab beotash,
Qayda issiq ko‘rsa tarqashga tushdi.
Umuman, aytish mumkinki, O.Matjonning tashqi olam haqidagi bilim va tasavvurlari ekstralingvistik omil sifatida uning she’rlarida turli assotsiativ birliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan. Quyidagi she’riy parchada ham qaldirg‘och haqidagi bilim va tasavvurlari uning assotsiatsiyalarida aks etgan: qldirg‘och: vijir-vijir – qaldirg‘och – bahor – bo‘g‘ot – uya qurmoq.
Men ishqimni aytolmasam o‘zingga,
Vijir-vijir qaldirg‘ochga aytayin:
Har bahorda shu zangori so‘zlardan
Bo‘g‘otingda uya qursin atayin.
Xullas, O.Matjon she’rlarida assotsiativ birliklar lisoniy va nolisoniy (ekstralingvistik) omillarga ko‘ra yuzaga kelgan bo‘lib, o‘zbek tilida assotsiativ me’yorga aylangan va faqat shoirning o‘ziga xos individual assotsiatsiyalaridan iborat.


2.3. O.Matjon she’rlarida rang assotsiatsiyasining voqelanishi
Assotsiativlik O.Matjon she’riy matnlarining muhim qirrasidir. Uning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklar shoirning voqelik bo‘yicha tasavvurlari, dunyoqarashi, tashqi olamda sodir bo‘lgan voqea-hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Shoir she’rlarida assotsiativlik she’riy matnning mantiqiy-semantik jihatdan yaxlit struktura sifatida shakllanishiga xizmat qilgan.
Quyida O.Matjonning oq va qora ranglari tasviri aks etgan she’rlari tahlili asosida uning bu ranglar bo‘yicha tasavvurlari, o‘zbek madaniyatida ranglar bilan bog‘liq tarzda shakllangan qarashlarga nisbatan subyektiv munosabatini aniqlashga harakat qilamiz. Bobning hajmini inobatga olgan holda shoirda boshqa ranglar bo‘yicha hosil bo‘lgan assotsiatsiyalar o‘rganilmadi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqining ranglar bilan bog‘liq o‘z tasavvurlari, qarashlari bor. Masalan, xalqimizda oq rang soflik, yorug‘lik, ezgulik, tinchlik, sulhparvarlik ramzi sifatida baholanadi. Jumladan, nikoh to‘yida kiyiladigan qizlar ko‘ylagining oq rangda bo‘lishi orqali ularning shu ko‘ylak rangidek musaffo, sof ekanligiga ishora qilinadi. Islom dinida Makkaga haj safarida kiyiladigan kiyimning oq bo‘lishida ham poklik ramzi mujassam. Shuningdek, o‘tmishda janglarda yengilgan qo‘shin askarlari oq bayroq orqali taslim bo‘lganliklarini bildirishgan. Shuningdek, oq rang sulhparvar elchilar va betaraf tomonlarning rangi hisoblangan.62 Oq kabutar esa nafaqat o‘zbek xalqi, boshqa xalqlarda ham tinchlik ramzi sanaladi. Ammo respublikamizning ayrim hududlarida, jumladan, Navoiy, Samarqand viloyatlarida oq rang motam ramzi sifatida ham tavsiflanadi.
Adabiyotshunos olim I.Haqqulning ma’lumot berishicha, “Ba’zi xalqlarda, jumladan, turkiy qavmlarda ham oq rang motam, musibat, xatto qurg‘oqchilik alomati hisoblangan. Ozarboyjon olimi M.Saidovning yozishicha: “Oltoyliklarda oq rang motam ramzidir. Manbalar Chinda yashagan turk tilli solorlar uchun oq rangning boshqa ma’nolar bilan bir qatorda, motam timsoli bo‘lganligidan ham xabar beradilar. Faqat turkiylarda emas, boshqa ayrim xalqlarda ham ko‘k va oq motam, qayg‘u ramzi sanalgan”.63
Qur’on Karimda ham ranglar nomi zikr qilingan bo‘lib, har biri nimadandir dalolat beradi. Jumladan, oq rang yorug‘lik, quyosh nuri, bomdod va tong vaqti; jannat ahlining yuzi; qattiq qayg‘u natijasida ko‘zda paydo bo‘lgan oqarish kasalligi rangi, Muso alayhissalomga berilgan moʻjiza rangi, tog‘lar orasidagi yo‘l rangi, jannat ahlining ichimligi rangi sifatida tavsiflanadi. 64
Islom dinida kafanning oq surpdan bo‘lishida ham muayyan ramziy ifoda mavjud, ya’ni oq kafan o‘lgan insonning pokiza holda narigi dunyoga safar qilishi haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi. Oq rangning motam belgisi sifatida tasavvur qilinishi boshqa xalqlarda ham kuzatiladi. Jumladan, Xitoy, Hindiston, Koreya davlatlari madaniyatida oq rang motam rangi sanaladi.65 Anglashiladiki, oq rangi bo‘yicha turli xalqlarning o‘z tasavvurlari, qarashlari mavjud.
Oq rangi bilan bog‘liq mana shu tasavvurlar va egallangan bilimlar asosida turli xalqlar tomonidan bu rangga nisbatan har xil assotsiatsiyalar berilganligi kuzatiladi. Masalan, rus tili manbalarida belыy so‘ziga nisbatan rus tili egalari tomonidan quyidagi assotsiatsiyalar berilganligi qayd etiladi: svet, sneg, chyornыy, svet, medved, dom, kraska, oblako, svetok, golub, platye, list, moloko va boshqalar.66
O‘zbek tili egalari (20 ta sinaluvchi)da oq leksemasi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribada quyidagi assotsiatsiyalar yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi: paxta, qog‘oz, soch, kafan, niyat, ko‘ngil, dog‘ kabilar.67
Ko‘rinadiki, turli xalqlarning ranglar bilan bog‘liq tasavvurlari har xil. Shu bois badiiy adabiyotda ham shoir va yozuvchilar tomonidan ranglar tasviri aks etgan ifodalarda turlicha assotsiatsiyalar kuzatiladi.
O.Matjon she’rlarida oq leksemasi, avvalo, narsa-predmetlarning tabiiy rangini bildiruvchi leksemadir. Shu bilan birga bu leksema ko‘chma ma’nolarda qo‘llanib, “soflik”, “tinchlik” ma’nolariga ham ega bo‘lgan. Shoir asarlarida uning oq rangi bilan bog‘liq quyidagi tasavvurlari aks etgan:

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin