Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə21/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

O‘rtamizda birgina olma
Gard tegmagan, biram pokiza.
Hozircha u rangin bir havas,
Lab tegsa boshlanar moʻjiza...
Ushbu she’riy parchada turtki so‘z vazifasida o‘rtamizda birgina olma birikmasi kelgan, bu birikma she’rda har bir to‘rtlikning boshida takrorlangan. Ushbu turtki so‘zga nisbatan muallifda gard tegmagan, biram pokiza, hozircha rangin bir havas, lab tegsa boshlanar moʻjiza tarzidagi individual assotsiatsiyalar yuzaga kelgan. Shunisi xarakterliki, ushbu assotsiatsiyalar orqali nutqda quyidagi jumlalarni hosil qilish mumkin: O‘rtamizda birgina olmaga gard tegmagan, O‘rtamizda birgina olma biram pokizadir, O‘rtamizda birgina olma hozircha rangin bir havasdir, O‘rtamizda birgina olmaga lab tegsa, boshlanar moʻjiza.
Anglashiladiki, turtki so‘z va unga nisbatan hosil bo‘lgan assotsiativ birliklarning sintagmatik munosabati asosida nutqda turli sintaktik qurilmalar shakllanadi.
Xullas, tilda so‘zlar orasidagi paradigmatik va singtagmatik munosabat bu so‘zlarning assotsiativ qatorlarga birlashuviga sabab bo‘ladi.
2. So‘zlarning uslubiy belgisiga ko‘ra aloqadorligi. Tilda bir uslubga mansub so‘zlar inson xotirasida bir-birini yodga solib turishi kuzatiladi. Masalan, ko‘k – samo (badiiy uslub), nuqta – vergul (ilmiy uslub) kabilar. Bu holat O.Matjonning she’rlarida ham uchraydi. Uning she’rlarida, ayniqsa, badiiy uslubga xoslangan so‘zlarning assotsiativ aloqasi ko‘p kuzatiladi. Masalan:
Tong otdi, olamda ming rasm ko‘rdim,
Mehrli ko‘zlarni pok, ma’sum ko‘rdim.
Hech kim zahar sepib – bol yiqqan emas,
Gul kirgan uylarda tabassum ko‘rdim.
Bu she’riy parchada ko‘z so‘ziga nisbatan hosil bo‘lgan badiiy uslubga xos mehrli, pok, mas’um so‘zlari qo‘llanib, she’rning ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Quyidagi she’riy parchada esa rasmiy (xat – hujjat,) va ilmiy uslub (insho – imlo)ga xos so‘zlar assotsiatsiyasi aks etgan:
Netay, himmat bilmasalar mendan himmat so‘rsalar,
Yozg‘utida xat yo‘qlar mendan hujjat so‘rsalar,
Boshimdagi nurdan ham biror illat so‘rsalar,
Nechun taqdir kitobin inshosi turli-turli,
Sahfasi turli-turli, imlosi turli-turli.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin