Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə29/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Qorong‘i kechani etipti oppoq! (‘Eng uzun kechada”)
Ko‘rinadiki, ushbu to‘rtlikda shoir tunni tavsiflovchi qorong‘i kecha birikmasi bilan assotsiativ bog‘lanuvchi qora leksemasiga oppoq (oq) leksemasini zid qo‘ygan. Natijada she’rda qorong‘i kecha – oppoq tarzidagi individual assotsiativ juftlik yuzaga kelgan.
Samovotda qora nur ko‘pdir,
Quyoshdan ham u behad katta.
Dunyo izlar shu’lali taqdir,
U ko‘nikmas aslo zulmatga. (“Gʻafur Gʻulom xotirasi”)
O.Matjonning «Gʻafur Gʻulom xotirasi» nomli ushbu she’rida qora leksemasining nur leksemasi bilan assotsiativ munosabatga kirishganligi kuzatiladi. O‘z navbatida qora nur so‘z birikmasi to‘rtlikning mantiqiy-g‘oyaviy markazida turgan turtki so‘z vazifasidagi zulmat leksemasi bilan assotsiativ bog‘langan. Shuningdek, she’rda zulmat leksemasining samovot, quyosh, dunyo, shu’lali taqdir birliklari bilan ham assotsiativ aloqasi kuzatiladi. To‘rtlikda zulmat leksemasi bilan bog‘liq shoir tasavvurlari qora nur, samovot, quyosh, dunyo, shu’lali taqdir birliklari orqali ochib berilgan.
Shoir jamiyatdagi yomon illatlar, kishilarga xos salbiy xislatlarni tasvirlashda ham qora leksemasidan o‘z o‘rnida foydalangan. Quyidagi she’riy parchada shoir qulfga nisbatan qora leksemasini qo‘llab, tasvirdagi salbiy illatni yanada bo‘rttirgan:
Navoiy, Mashrabni o‘qishni u payt
Eskilik, sarqit deb yozgan ekanlar.
Bir johil so‘zi-la butun bir xalqning
Og‘ziga qora qulf osgan ekanlar. (“Taqlid”)
Bunday tasvir ususlidan foydalanish quyidagi she’riy parchada ham kuzatiladi:
Kimlarningdir o‘z uyida hayoti tanglik,
Boshi uzra qora qushlar charx uradi bot.
Go‘dak zotin talab qilgan ajdaho yanglig‘
Pok tuproqqa tumshuq cho‘zar qora maxluqot. (‘Shu’lalardan hayratlanish’)
Ushbu parchada qo‘llangan qora qushlar, qora maxluqot so‘z birikmalari tasvirlanayotgan voqelikning salbiylik bo‘yog‘ini yanada bo‘rttirishga xizmat qilgan.
Shoir quyidagi she’riy parchalarida qora rangini g‘am-g‘ussa, intiqom, bosqin bilan bog‘laydi:
Tunmi bu yoinki tomonlar unut
Ufqlar chalkashgan mavhum lomakon?!
Bunda qo‘nim tutgan o‘tmishdan yoxud

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin