11
II bob. Davlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar
bilan ishlashni tashkillashtirish
I. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma faoliyati
Kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish
uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini
nazorat qilish maqsadida davlat organida, tashkilotida belgilangan umumiy shtatdagi
xodimlar soni doirasida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha
alohida bo‘linma
(keyingi o‘rinlarda murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi murojaatlarning ko‘rib chiqilishini
nazorat qilish masalalarida bevosita davlat organi, tashkiloti rahbariga bo‘ysunadi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma:
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy
nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur
tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo‘linmalar
tomonidan buzilishi to‘g‘risida davlat organi, tashkiloti rahbarini darhol xabardor
qiladi;
monitoring natijalari bo‘yicha har oyda davlat organi, tashkiloti rahbariga
murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda,
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat organi, tashkiloti xodimlariga nisbatan javobgarlik
choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
Bo‘linma xodimlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘z faoliyatini
amalga oshirishda iltifotli, qat’iyatli, e’tiborli bo‘lishi kerak, murojaat qiluvchilarga
nisbatan xushmuomalali, vazmin va e’tiborli, shaxsning sha’nini kamsitmasligi,
unga nisbatan mehribon bo‘lishi shart.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini
bajarish vaqtida tashqi ko‘rinishi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning davlat
organlariga, tashkilotlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga
ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish tartibiga rioya etishi vazmin va intizomli
bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: