33
2. Biogen moddalar- organik asosli moddalar, ular 2 turga bo’linadi:
a) Fitogen moddalar- (o‘simliklar qoldiqlaridan hosil bo‘lga
b) ko‘mir, torf, neft, gumus va boshqalar.
c) Zoogen moddalar (tirik organizm qoldiqlaridan hosil bo‘lgan)- bo‘r,
oxak va
boshqa chukindi moddalar.
3. Kos moddalar- noorganik va magmatik asosli tog‘ jinslari, Erning yashil qobigi va suv.
4. Biokos moddalar - mikroorganizmlar ta’siri ostida tog‘ jinslarining yemirilishi xisobiga hosil
bo‘ladigan cho’kindi moddalar. Masalan, tuproq, tabiiy suvlar va x.k.
Biosferada asosiy o‘rinni «tirik modda» egallaydi. Tirik moddani o‘simliklar dunyosi,
xayvonlar, baliqlar, xashoratlar va mikroorganizmlar tashkil etadilar.Ular biosferani
shakllanishida;
atmosfera, gidrosfera va litosferaning tarkiblarini boshqarishda; kimyoviy
elementlarning taqsimlanishida; foydali qazilmalarni va tuproq qatlamining hosil bo‘lishda eng
aktiv rolni o‘ynaydi.
1rasm. Biosferaning funksiyalari
1. Biologik maxsuldorlik - ya’ni erdagi barcha tirik mavjudotlarni oziq- ovqatlar bilan
ta’minlash.
2. Muhitning optimal gaz va gidrologik tarkibini ta’minlash.
3. Biologik tozalash (tabiatni o‘z-o‘zini tozalashi, qayta tiklashi, assimilyatsiya).
Biosfera nisbatan mustaqil bo‘lgan aloxida bo‘laklar yig‘indisidan iborat bo‘lib, mozaik
tuzilishiga (struktraga) egadir. Biosferaning aloxida faoliyat ko‘rsatuvchi
elementlar struktura
birligini biogeotsenoz deb ataluvchi ekologik sistemalar tashkil etadi. Biogetsenoz- bu biotik,
tipografik va iqlimiy jixatdan, bir xil bo‘lgan abiotik muhitdagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
o‘simliklar va xayvonlar yig‘indisidan iboratdir.
Shunday qilib, biogeotsenoz deb- nisbatan bir xil uchastkada joylashgan va o‘zoq
muddat
davomida chiqindisiz, yopiq ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi o‘simliklar,
xayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalari yig‘indisiga aytiladi.
Tirik organizmlar u yoki bu biogeotsenozda birga yashash uchun qulay bo‘lgan
turlarning moslari bilan birgalikda o‘zaro moslashgan holdagina yashaydilar. Bir turdagi tirik
organizmlar yig‘indisi – populyatsiya deb ataladi.
Shunday qilib barcha organizmlar biogeotsenoz miqyosida o‘zaro ozuqa bilan
ta’minlanish jihatdan o‘zaro uzviy bog‘liqdir ya’ni trofik (oziqa) zanjirini tashkil qiladi.
Planetamizdagi barcha tirik moddalar ikki guruhga bo‘linadilar:
34
1) avtotrof organizmlar - ya’ni noorganik moddalardan organik moddalarni hosil qila
oluvchilar. Ularga xlorofilli yashil o‘simliklar misol bo‘la oladi.
2) geterotrof organizmlar – bu inson, xayvonlar va mikroorganizmlardir. Ular organik
moddalarni sintez qila olmaydilar.
Geterotrof organizmlar organik moddalarni turlicha istemol qiladilar. Ularning ba’zi
birlari o‘simliklar va ularning mevalarini, boshqa birlari esa xayvonlar va o‘simliklarning o‘lik
qoldiqlarini, uchinchilari esa – o‘lgan xayvonlarni iste’mol qiladilar.
Dostları ilə paylaş: