3.4.Chiqindisiz texnologik jarayon yaratishnihg asosiy printsiplari
Akad. Laskorin B.H. boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga asosan ishlab chiqarish
korxonasining qaysi tarmoqqa mansubligidan qat’iy nazar ularning barchasi uchun ta’lluqli
bo‘lgan quyidagi asosiy 4-ta printsip bajarilsa, chiqindisiz texnologik jarayonga erishilishi
mumkindir:
1. Maxalliy oqova suvlarni tozalash texnologiyasini qo‘llash xisobiga suvning aylanma
xarakatini tashkil qilish, ya’ni tabiiy er usti va er osti suvlaridan toza suv manbai sifatida
foydalanishni cheklash.
2. Bir korxona chiqindilarini ikkinchi korxona tomonidan xom ashyo, ikkilamchi ashyo sifatida
foydalanishni ta’minlash, ya’ni barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga
erishish.
3. Xom ashyo va chiqindilardan foydalanishni ta’minlovchi turli ishlab ishlab chiqarish
korxonalarini bir yerga to‘plash - ya’ni turli korxonalarni territorial kompleksini tashkil etish.
4. Ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash - ya’ni xom ashyoga maxsus ishlov berish yo‘li bilan
tozalab, keyin foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar turlari va miqdorini
kamaytirish.
Misol tariqasida issiqlik elektrostantsiyasida (IES) chiqindisiz texnologik jarayonni
hosil qilishni ko‘rib chiqamiz. Malumki 70% elektr energiyasi hozirgi kunda issiqlik
elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir vaqtda ularda hosil bo‘layotgan
chiqindilar atrof muhitga tashlanayotgan chiqindilarning 29% ini tashkil etadi. IES da hosil
bo‘layottgan chiqindilarga quyidagilar kiradi:
1. Tarkibida SO
2
, SO
2
, NO
x
va ko‘mir changi (kul) bo‘lgan gaz-chang chiqindilari.
2. IESda hosil bo‘layotgan oqova suvlarga sovitish sistemasi suvlari, gidrokul to‘tish sistemasi
suvlari, jixozlarni yuvish natijasida hosil bo‘layotgan ximiyaviy eritmalar, suv tozalagichlarda
hosil bo‘layotgan regeneratsion suvlar va neft, gaz bilan ifloslangan suvlar.
Turbinalar kondensatorlarini sovitishda foydalanilgan suvlar o‘z xaroratlarini 8-10°C ga
oshirishi xisobiga, asosan issiqlik chiqindisi xisoblanadi. Ular yana ishqor va minerallarga
tuyingan bo‘ladi. Bo‘lardan tashqari ushbu suvning tarkibida ftor, mishyak, simob va vanadiy
ham uchraydi.
Yuvuvchi suvlar esa yuvish uchun ishlatiladigan eritmaning eritmaning turiga qarab
organik va noorganik kislotalar, ishqorlar, nitratlar, ammoniy to‘zlari va x.k. bilan
ifloslanadilar.
Suv tozalagichlarda (mexanik filtrlarni yuvishda, tindirgichlarning shlamli suvlari,
ionitli- filtrlarni regeneratsiya qilishda hosil bo‘layotgan suvlar) hosil bo‘layotgan suvlar asosan
Ca, Al, Fe ning to‘zlari bilan ifloslanadi.
3. IES da hosil bo‘layotgan qattiq chiqindilarga kul va shlak kiradi
|