13
umuman boshqarib bo‘lmaydigon xolga keladi. To‘rtinchidan, havo bo‘shliining ifloslashnishi
ham respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan taxdiddir. Mutaxasislarning ma’lumotiga
qaraganda, har yili respublikaning atmosfera bosimiga 4 million to‘nnaga yaqin zararli modalar
qo‘shilishmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to‘g’ri keladi, 15% uglevodorod
chiqindilari, 14% oltingurgurt qo‘sh oksidi, 9 %
ni azot oksidi, 8 % qattiq moddalar tashkil
etadi va 4 % ga yaqin o‘ziga xos o‘tkir zaxarli moddalarga to‘g’ri keladi. Atmosferada uglerod
yigindisining ko‘payib borishi natijasida o‘ziga xos kenga ko‘lamdagi issiq xona effekti
vujudga keladi. Oqibatda er xavosining o‘rtacha xarorati ortib ketadi.
Arid mintaqasida
joylashgan O‘zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo‘ronlarini qo‘zg’atib turuvchi
atmosferaning chang to‘zonga to‘latuvchi Qoraqum va Qizilqum saxrolaridek yirik tabiy
manbalar mavjud. So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang
va tuz ko‘chadigan yana bir tabiy manba paydo bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: