Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Ekologiyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

1.3.Ekologiyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
Ekologiya-tabiatdan oqilona foydalanishi va atrof muhit muhofazasining nazariy 
asosidir. Ekologiya fani fizika, ximiya, geografiya va boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas
bog’liqdir. Hozirgi zamon ekologik fani tor doiradagi nazariy biologiya yo‘nalishlaridagi ilmiy 
tadqiqotlar bilan shug’ullanuvchi sof fandan jamiyatning hayotiy extiyojlarini ta’minlay bera
oladigan keng fanlar tizimiga juda tezkorlik bilan aylana oldi. Bu hozirgi zamon 
ekologiyasining tarkibi va tadqiqotlar vazifalarini aniqlaydi, fan oldida amaliy tadqiqotlarning
muammolarini vazifa "Maqsad" sifatida belgilaydi. Umuman olganda muammolarni yagona bir 
maqsadga-insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’sirini bartaraf qilish yo‘larini topish va ularga
amaliy jixatdan yondoshishiga birlashtirish mumkin. Ekologiya fanining har bir yo‘nalishini 
shakllantirishda, avval aytib o‘tganimizdek, jaxondagi yirik olimlar bir-biriga yondosh
fanlarning vakillari-zoologlar, botaniklar, geograflar va boshqalar qatnashdilar. Bugungi 
kundagi tabiatdan foydalanish muammolari hamda er sayyoramizning global (dunyoviy)
ekologik tizimning taqdiri uchun barcha insoniyatning xavfu tashvishlari-bugun jamiyat xayoti 
va taqdiri uchun bo‘lgan tashvishidir, insoniyatning hozirgi havfli vaziyatdan najot topishi,
odamning tabiat bilan oqilona munosabatlari uchun kurashayotgan har-xil mutaxassisliklardagi 
olimlar-fizik kimyogar, matematiklar, texnik fanlarning vakillari texnologlar, energetiklar va
boshqa mutaxassislarning kuchlarini birlashtiradi. Bugun dunyo olimlari 1964 yildan boshlab 
Erning umumiy biologik maxsuldorligini va undan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish
tadqiqotlari bilan shuullanmoqdalar, global ekotizmning unumli, ekologik muvozanatga 
keltirish yo‘larini qidirib topish ustida ish olib bormoqdalar. Bu olib borilayotgan ilmiy-
tadqiqotlar, pirovardida iqtisodiyotni ekologik qonunlarga bo‘ysundirishga, tabiatdan 
foydalanishning iqtisodiy asoslangan yo‘larini topishga, sistemali muntazam xo‘jalik yuritish
faoliyatini olib borishga, ekologik tanglik va fojialardan najot topishga olib keladilar. Hozirgi 
davr ekologiyasi turli yo‘nalishlardagi-mikroorganizmlar, baliqlar, qushparandalar, o’simliklar
ekologiyasi, fiziologik ekologiya, ijtimoiy, iqtisodiy ekologiya, bio-kimyoviy ekologiya, paleo-
ekologiya, geoekologiya va boshqa yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib bormoqda. So’ngi paytlarda
esa odam ekologiyasi va matematik ekologiya soxalarida ham ilmiy izlanishlar olib 
borilmoqda. Atrof muhit muhofazasi va u bilan bog’liq ekologik tadqiqotlarni olib borish
xukumatlarning qarorlari echimlari, BMT va boshqa xalqaro muassasalarning (YUNESKO, 
YUNEP, FAO va boshqa) qarorlari asosida olib boriladi. Dunyo miqiyosidagi muammolar
bilan birga ma’lum bir xududlar uchun, geografik mintaqalar uchun tegishli bo‘lgan regional 
ekologik muammolar ham yildan yilga tobora ko‘payib bormoqda. Ular shu joylarning o‘ziga
xos tabiiy sharoitlari mavjud resurslardan ko‘p jixatdan notog’ri foydalanish, sanoat
chiqindilarini atmosfera va suv xavzalariga haddan tashqari ko‘p miqdorda tashlanishi, er,
suv va yaylovlardan rejali foydalanmaslik oqibatida vujudga kelayotgan muammolarni o‘z

8
vaqtida to‘g’ri ijobiy hal qilmaslik kelajakda keng miqiyosdagi kutilmagan og’ir kulfatlarni 


keltirib chiqarishini anglab etmog’imiz darkor. O‘zbekistonda ana shunday ekologik
muammolar, ularning tarkib topishi, rivojlanishi, oqibatlari to‘g’risida hamda ularni echimini 
xal qilish borasida borilayotgan ilmiy-izlanishlardan bugungi yoshlar (sizlar) barobar
bo‘lmoqliklaring shart. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin