9
Hozirgi vaqtda jaxon fan texnikasi taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy
zaxiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Buning ustiga,
dunyo
axolisi yildan- yilga o‘sib borib, ko‘proq miqdorda oziq- ovqat, yonilg’i, kiyim-kechak va
boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinadi. Bu esa o‘rmonlar egallab turgan
maydonlarning jadal suroatlarda qisqartirishga, cho‘l-saxrolarning bostirib kelishga, tuproqning
buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan ozon to’sigi kamayib ketishiga, er havosining
o‘rtacha harorati ortib borishiga va boshqa xolatlarga sabab bo‘lmoqda.
Beto‘xtov ortayotgan qurolarning poygasi atom, kimyoviy qurollar va ommaviy qirgin
qurollarning boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashayotgan muhit
uchun juda katta xafdir. Xozir XXI asr bo‘sag’asida fan-taraqqqiyoti jadal sur’atalar bilan
rivojlanib bormoqda. Duyoning jug’rofiy -siyosiy tuzilishi o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda
inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solmay taraqqiyot bilan qulay
tabiyat muhitimizni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini oydinlashtirish
inson va tabiyatning
o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muamolari borgan sari dolzarb bo‘lib bormoqda.
Xalqaro hamjamiyat insoning nafaqat yashash xuquqi, balki to‘laqonlik va sog’lom
turmish kechirish uchun zarur mu’tadil arzon muhit sharoitlariga ham bo‘lgan xuquqlarning
muqaddas va daxilsizligini allaqachon eotirof etilgan. Ekologik xavsizlik kishilik jamiyatining
buguni va ertasi uchun dolzarbligi juda zarurligi eng muxim muamilalar jumlasiga kiradi. Bu
omillar amaliy tarzda xal etilsa, ko‘p jixadan hozirgi turmushning axoli va sifatini belgilash
imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bog’liq tarmoqlarni ekologik jixatda
zararsizligini ta’minlash texnologiyalarini rivojlantirishni taominlash imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, tabiyatning xolati birdaniga va darxol yomonlashib qolmaydi. Bu jarayon uzoq
vaqt davom etadi. Bosqacha aytganda ekologik jamiyat asta sekin yomonlashib boradi.
Ekologiya hozirgi zamonning keng miqiyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni
hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va
kelajagi ko‘p jixatdan bog’liqdir ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichda inson bilan tabiatni o‘zaro ta’siriga oid bir qator
muammolarni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qolmaydi. Ularin butun
sayyoramiz ko‘lamida xal etish zarur. Ko‘rinib turibdiki tabiiy muhitni inson yuritadigan
xo‘jalik faoliyatining zararli ta’siridan ximoya qilishga bog’liq bo‘lgan ko‘pgina muammolar
keng ko‘lam kasb etadi. Shu sababli ular faqat xalqaro hamkorlik asosida xal qilinishi lozim.
Ekologiya muammosi er yuzining hamma burchaklarda ham dolzarb.
Faqat uning dolzarblik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida
turlichadir.
Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g’oyatda
xavfli zonalaridan biri
vujudga kelgagligini alam bilan ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki u
bir necha o‘n yillar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki
mintaqada inson xayot faoliyatining barcha soxalari ekologik hatar ostida qolganligi natijasida
kelib chiqqandir. Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat
kechirmaydi. Inson - tabiatning xo‘jayini degan soxta mafkuraviy da’vo ayniqsa Markaziy
Osiyo mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning xayoti uchun fojiaga
aylandi. Ularning qirilib ketish genafondning yo‘q bo‘lib ketishi yoqasiga keltirib qo‘ydi.
Afsuski, bu jarayonlar O‘zbekistonni ham cheklab o‘tmaydi, bu erda
mutaxassislarning baxolashicha juda murakab aytish mumkinki, xavfli vaziyat vujudga
kelmoqda.
Bunday vaziyat nimadan iborat ?
Birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’liq xavf
ortib bormoqda. Markaziy Osiyo sharoitida er Ollox toalloning bebaxo inoomidir. O‘rta
ma’noda odamlarni boqadi, kiyintiradi. Bevosita dexqon, bilan bog’liq barcha tarmoqlar va
uning ne’matlaridan baxramand bo‘layotgan respublikaning barcha
axolisi farovon turmish
kechirishi uchun moddiy negiz yaratadi. Ayni vaqtda er ulkan boylik bo‘libgina qolmay,
mamlakatning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu xol O‘zbekistonda ayniqsa
10
namoyon bo‘lmoqda chunki yerning iqtisodiy va demografik vazifasi yildan-yilga kuchayib
bormoqda. Respublikaning 448,9 kvadrat kilometirdan ortiq bo‘lgan umumiy maydoning atiga
10 foyizigina ekin maydonlarini tashkil etadi. Ayni chog’da O‘zbekiston egallab turgan
maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi cho‘l va yarim cho‘l yerlar
tashkil etadi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlariga
to‘g’ri keladigan demografik yuk xozirning o‘zidayoq o‘ta salmoqlidir. Markaziy Osiyo
mamlakatlari orasida O‘zbekiston axolisining zichligi ayniqsa yuqori bo‘lib, 1 kv. km.ga 51,4
kishi to‘g’ri keladi, bu raqam Qozog’istonda 6,1 , Qirg’izistonda 22,7, Turkistonda 9,4 ni
tashkil etadi. Respublikamizda har bir odamga 0,17 yer ekin maydoni to‘g’ri kelsa,
Qozogistonda-1,54 ga, Qirgizistonda-0,26 ga, Ukrainada-0,59 ga, Rossiyada-0,67 ga ekin
maydoni to‘g’ri keladi. Barcha axolining yarmidan ko‘prog’i qishloq joylarda
yashayotganligini
xisobga olsak, dadil aytish mumkinki, bizning qishloqlarimizda insoniy
zaxiralarning nisbiy ortiqligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Bizda axoli o‘sish nisbati yuqori bo‘lib, urbanizatsiya va xosildor erlarni shaxarlarni
rivojlantirishga, uy-joylar qurilishiga, yangi korxonalar muxandislik hamda transport
kommunikatsiyalari tarmog’ini barpo etishga ajratib berish jarayonlari jadal bormoqda. Shuni
hisobga olsak, yaqin yillar ichida, xatto XXI asr arafasidayoq yer zaxiralari bilan ta’minlanish
muammosi yanada keskinlashishi mumkin.
XX asr oxirida yerning tabiiy ravishda cho‘lga aylanishi yuqori darajada borayotganligi
etmaganidek odamlarning munosabati tufayli cho‘lga aylanib borigsh jarayoni shtob bilan
davom etaetgani bu muommoni yanada kuchaytirmoqda. Ayni chog’da tabiiy muhitni
yomonlashuvi bilan birga, suvlarning satxi pasayishi va boshqa xodisalar ro‘y bermoqda.
Ilgari nurashga qarshi chora-tadbirlar yaxshi olib borilmaganligi tufayli shamol va suv
ta’sirida emirilishi tuproqning unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu chora-tadbir juda
past sur’atlarda va sifatsiz olib borilgan edi. Xatto 80-yilarning oxirida amalda butunlay
to‘xtatib qo‘yilgan edi Respublikada 2 mln. ga. dan ortiq yer maydoni yoki barcha
sug’oriladigan erning qarib yarmi buzilish xafvi ta’srida turibdi.
Erning nixoyat darajada
sho’rlanganligi O‘zbekiston uchun ulkan ekologik muammodir. Erlarni ommaviy sur’atda
o‘zlashtirish, xatto sho‘rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlarni ishga
solish ana shunga olib keldi. So‘nggi 50 yil mobaynida sug’oriladigan er maydoni 2,46 mln. ga
dan 4,28 mln. ga etdi. Faqat 1975-1985 yilar mobaynida 1 mln ga ga yaqin yangi er maydonlari
o‘zlashtirildi 1990 yilga kelib su’oriladigan er maydoni 1985 yildagiga qaraganda 1,5 baravar
ko‘paydi.
Ekin maydonlari tarkibida so‘nggi vaqtlarga qadar paxta deyarli 75 foiz maydonni
egallagan edi. ( 2000 yilda 3 mln 900 ming t paxta etkazib berilgan). Dunyoning birorta ham
mamlakatda paxta monopoliyasi bu qadar yukori darajaga ko‘tarilmagandi. Bu xol yerning
kuchsizlanishiga,
tuproq
unumdorligini
pasayishiga,
uning
suv-fizikaviy
xossalari
yomonlashuviga, tuproqning buzilishi va nuraish jarayonlari ortishiga olib keldi.
O‘zbekistonda noorganik mineral og’itlar, gerbitsidlar va pestitsidlarning qo‘llanishi
eng yuqori normalardan ham o‘nlab baravar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko‘l, er osti va
ichimlik suvlarini ifsonlantirdi. Bundan tashqari, yangi erlardan foydalanishda zarur
texnologiyalarga rioya qilinadi. Hamma joyda paxta nazoratsiz sug’orildi. Tuproqning nami
ko‘payib ketdi. Bu esa uning qayta sho‘rlanishiga olib keldi. Tuproqni har xil sanoat
chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan shiddatli tarzda ifloslanishi real taxdid tug’dirmoqda.
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar va mineral moddalarni sanoat va qurilish
materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarini qupol
ravishda buzilishi erni
ifloslanishiga olib kelmoqda. Bundan samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Foydali qazilmalarni jadal sur’atlar bilan qazib olish, ko‘pincha ularning qayta ishlashining
texnologik sxemalari nomukammalligi ko‘p miqdorda ag’darmalar, kul, shlak va boshqa
moddalar to‘planib qolishiga olib kelmoqda. Bular dexqonchilik uchun yaroqli bo‘lgan
yerlarni egalabgina qolmay, balki tuproqni, yer osti va er usti suvlarini, atmosfera xavosini
ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda . Respublikada zaxarli chiqindilardan foydalanish
sanoati esa xozircha yaratilgan emas. O‘zbekiston xududida qattiq maishiy chiqindilar
11
tashlanadigan 230 dan ortiq shahar va qishloq axlatxonalari mavjud. Ularda taxminan 30
million kub metr axlat to‘planadi. Ular asosan surunkali ravishda, jurofii,
geologik-
gidrogeologik va boshqa shart sharoitlarni kompleks o‘rganmay turib tashkil etilgan. Ularda
qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirish va ko‘mib tashlash ibtidoiy usular bilan amalga
oshirilmoqda. Ayniqsa respublikaning yirik shaxarlarida maishiy chiqindilrani ishlatish va
zararsizlantirish soxasida murakkab vaziyat vujudga kelgan. Respublikada xali-xanuz maishiy
chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash masalasi xal qilinmagan. Yagona Toshkent maishiy
chiqindilar tajriba zavodi 1991 yildagina ishlay boshladi. Radioaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta
xavf tudirmoqda. Maylisuv (Qiriziston) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964
yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari kumilgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar
saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to‘sadigan to‘g’onlarni maxkamlash, hamda
ko’chki xavfi bo‘lgan joylardagi qiyaliklarning mustaxkamligini, taminlash lozim. Navoiy
viloyatlaridagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jixatdan xavfli ifloslantirish o‘chog’i
hisoblanadi. Bu erdagi radioaktiv qumni shamol o‘chirishi xavfi bor.
Shu sababli O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishdagi g’oyatda muxim vazifa
erlarning
xolatini yaxshilashdan, tuproqning ifloslaniishini kamaytirish bo‘yicha chora -
tadbirlar majmuini amalga oshirishdan iborat. Bu o‘rinda gap eng avvalo tabiiy zaxiralardan
foydalanishni tubdan yaxshilash xaqida bormoqda.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai-nazaridan qaraganda, suv
zaxiralarining, shu jumladan er usti va osti suvlarining taqchilligi hamda ifloslanganligi katta
tashvish tug’dirmoqda. Respublikaning daryolari ifloslanganligi, kanallari, suv omborlari va
xatto er osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda.