12
taominlash ko‘rsatkichi respublikada faqat keyingi besh yillikning o‘zida taxminan 1,5 barobar
ortdi. Shunga qaramay ushbu muammo dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suvi ta’minoti
manbaalarining ifloslanishi Respublikada ayniqsa, Orol bo‘yida kasallikka chalinishning yuqori
darajasiga sabab bo‘lmoqda. Uchinchidan, Orol dengizining qurrib borish xavfi g’oyat keskin
muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo‘lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq o‘tmishga
borib taqaladi lekin bu muammo so’nggi o‘n yilliklar mobaynida xavfli darajada ortdi.
Markaziy Osiyoning butun xududi bo‘ylab sug’orish tizimlarini jadal suratda qurish kuplab
axoli punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko‘lamdagi
fojia -Orol
xalok bo‘lishning sababiga ham aylandi. Yaqin -yaqinlargacha cho‘lu-saxrolaridan tortib
olingan va suorilgan yangi erlar xaqida dabdaba bilan so‘zlanardi. Ayni chog’da ana shu suv
Oroldan
tortib olinganligi, uni “jonsizlantirib qo‘yilganligi” xayolga kelmasdi. Endilikda
Orolbo‘yi ekologik kulfat xududiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: