Qurilish ekologiyasi ” fanidan


-Mavzu: Kirish. O’zbekiston Respublikasidagi ekologik vaziyat va siyosat



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

1-Mavzu: Kirish. O’zbekiston Respublikasidagi ekologik vaziyat va siyosat. 
REJA : 
Ekologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarihi. 
• O’zbekistondagi ekologik muammolar.
• Insonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof muhit bog’liqligi. 


T a ya n ch i b o r a l a r : 
Tabiat, atrof muhit, biosfera, antropogen, ximiya, fizika, geografiya, biologiya. 
geologiya va boshqa fanlar, chiqindi, xom ashyo, suv, oqava suv, issiklik manbai , havo,
quyosh radiatsiyasi. 
1.1.Ekologiya fanini maqsadi va vazifalari. 
Ekologiya ( grekcha oikos -yashash joyi ,boshpana , turgan o’rni, uy, maskan, panox 
kabi maonolarni bildiradi. ) tirik organizmlar hamda ular turkumlarining bir-birlari va atrof-
muhit bilan o’zaro munosabatlari to’g’risidagi fandir. Bu atama 1866 yilda nemis zoologi 
Ernest Gekkel ( 1834-1919) tomonidan taklif etilgan edi. Endilikda bir paytlar biologik
siklning tor doirasiga ta’luqli bo‘lgan fan beqiyos darajada gullab yashnamoqda va borgan sari 
kattaroq ahamiyat kasb etmoqda. Zero ekologiya bugungi kunda biologiya , geografiya va
tabiatshunoslik fanlari chatishgan joyda , tabiat resurslarini ishlata bilish va muhofaza qilish 
jarayonida boshqarish to’g’risidagi fanga aylandi . Olimlar o‘z mohiyatiga ko‘ra yangi bo‘lgan
bu fanni global ekologiya tabiatdan foydalanish nazariyasi, genson ekologiyasi deb 
atamoqdalar .Aytish mumkinki global ekologiya ( yoki genson ekologiyasi ) o‘sha sistema:
tabiat, insoniyat jamiyati va u yaratgan texnikaning o’zaro ta’siri to’g’risidagi fandir, yana ham 
soddaroq qilib aytganda, bu insoniyatning hozirgi ekologik vaziyatda yashab qolish sharoitlari
haqidagi fan deyish ham mumkin. Masalan : agar, shaxardagi ekologik vaziyat yomonlashadi 
deyishsa, odatda atmosferadan sanoat korxonalari quvurlari va avtotransport vositalaridan
chiqqan gazlar ko‘payib ketgani, ichimlik suvi sifati yomonlashgani, suv havzalarining 
ifloslanish darajasini ortib ketgani va xokazolar tushuniladi. Ishlab -chiqarish sanoat
korxonalarida ekologik axvol qoniqarli deb baxolangan taqdirda ham bu korxonalar atrofidagi 
hamma ishlar joyida degan maononi bildirmaydi. Tutun va qurum, oltin gugurt gazi, azot
oksidlari bu korxonalarning tashlama quvurlaridan chiqib tozalash inshoatlaridan o‘tgan suv 
bilan qo‘shilib ketadi .Umuman biz havo, suv va tuproqni ishlab chiqarish chiqindilari bilan
ifloslanishi qanday oqibatlarga olib kelishi to’g’risida juda kam ma’lumotlarni bilamiz. Bunday 
ifloslanishlar paydo bo‘lganiga va ko‘paya boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Chamasi
bizning ko‘pdan-ko‘p qilgan noto’g’ri ishlarimiz jabrini kelgusi avlodlarimiz tortadiganga 
o‘xshaydi . Biroq, avvalo olimlar, keyin ko‘pgina mamlakatlarning jamoatchiligi salbiy iqlim
o‘zgarishlari, sayyoramiz qatlami buzilishi, o‘rmonlar yo’qotib yuborilishining ijtimoiy 
oqibatlari to‘g’risida alohida tashvishlanayotganliklarini bayon qilmoqdalar. Yaqindagina
maxalliy harakterdagi ekologik o‘zgarishlar bir avlod ko‘z o‘ngida regional va global 
falokatlarga aylanmoqda.
XX asrning ohirgi 25-30 yil ichida tabiat muhofazasi masalasi eng og’ir muammolardan 
biriga aylanib qoldi jamiyatning tezkor taraqqiyoti, fan va texnikaning shiddatli rivojlanishi,
sanoat va qishloq xo‘jaligining tez suroatlar bilan o‘sishi. Er sayyorasi axolisining shiddat 
bilan o‘sib ko‘payishi inson bilan tabiat urtasidagi munosabatlarni ancha murakkablashtirib
qo‘ydi. Buning natijasida esa tabiat muhofazasi va tabiiy manbatlardan oqilona 
foydalanishning bugungi kun masalalarini zudlik bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar
qatoriga kiritdi. 
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri muammolari tobora katta ahamiyatga
ega bo‘lmoqda va hozirgi, shuningdek kelgusi avlodlarning farovonligi, umuman jaxon 
sivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga ko‘proq bg’liq bo‘lib
qolmoqda. Er yuzida axolining ko‘payib borishi, ilmiy texnika inqilobining taraqqiyoti 

6
munosabati bilan antropogen omilning ahamiyati ortmoqda. Ilmiy-texnika taraqqiyoti 


sharoitida keskin o‘zgarib ketgan atrof muhit insonning genetik apparati va irsiyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa hozirgi er yuzida yashab turganlargina emas, balki kelgusi avlodlar 
salomatligiga ta’sir etishi ham mumkin. Inson paydo bo‘libdiki, u yashash uchun oziq-ovqat
etishtirish va kiyim-kechak tayyorlash maqsadida ma’lum miqdorda turli tabiiy rerurslardan 
foydalangan. Er yuzida axoli soni kam bo‘lgan ibtidoiy jamiyat bosqichida tabiat, umuman
olganda, inson ta’siri natijasida unchalik zarar ko‘rmagan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy 
bosqichlarda insonning atrof muhitga bo‘lgan ta’sir miqyosi asrdan-asrga yaratib borgan bo‘lsa,
XX asr o‘rtalariga kelib yildan-yilga jamiyatni atrof muhitga ta’siri kuchaydi. 
Ishlab chiqarishning muttasil taraqqiy qilishi, xususan sanoat maxsulotlarining ko‘plab
ishlab chiqarilishi transport va qurilish ishlarining keng miqyosda amalga oshirilishi qishloq 
xo‘jalik maxsulotlarining isteomolchilarga etkazib berilishi ma’danlarni g’oyat katta miqdorda
qazib olishi, sayyoramiz tabiatining barcha joylarda o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Tabiiy 
boyliklardan to‘xtovsiz xalq xo‘jalik extiyojlari uchun foydalanishi,tiklanmaydigan
resurslarning borgan sari kamayib borishi tiklanuvchi boyliklarning tiklanish qobilyati pasayib 
ketishi joylarda ekologik muvozanatning buzilishi va ekologik tangliklarining vujudga kelishi
uchun shart-sharoit yaratmoqda. Bu o‘z navbatida, tabiyatdagi muazanatning buzilishiga sabab 
bo‘lmoqda va turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin