4
Kirish
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri muammolari tobora katta
ahamiyatga ega bo‘lmoqda va hozirgi, shuningdek kelgusi avlodlarni farovonligi, umuman
jaxon sivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga ko‘proq bog’liq
bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy va
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ekologik ta’lim va tarbiya masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Maktablarda biologiya, geografiya, ximiya, iqtisod kurslarida ekologiyaga oid mavzular
kengaymoqda, oliy o‘quv yurtlarida esa yo‘nalish soxalariga qarab ekologiya bo‘yicha maxsus
namunaviy dasturlar asosida ma’ruza va amaliy mashulotlar olib borilmoqda.
Institutning 5311500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (geodeziya) bakalavr
yo‘nalishi bo‘yicha “Qurilish ekologiyasi” fani mustaqil fan sifatida yangi Davlat o‘quv
standartlarida ko‘rsatilgan o‘quv soatlari xajmida o‘qitilmoqda. Qurilish ekologiyasi fanini
o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarda ekologik dunyo qarashni shakllantirish, atrof muhitga,
tabiatga, uning resurslariga bo‘lgan munosabatni tubdan yaxshilash, o‘zini keyingi mexnat
faoliyatida atrof muhitga oqilona yondashish kabi masalalarni tushinib etmoqni talab etadi.
Ushbu fandan tayorlangan ma’ruzalar kursi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim Vazirligining Oliy o‘quv yurtlari Bosh boshqarmasi tastiqlagan namunaviy
o‘quv dasturi va “Hayot faoliyati xavfsizligi ” kafedrasida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv
dasturi asosida tuzildi.
Ma’ruzalar kursi institutning 5311500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (geodeziya)
bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha talim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Bu ma’ruzalar kursi talabalarda tabiat va jamiyat o‘rtasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar
to‘g’risida, ekologik muammolar bo‘yicha ko‘nikma xosil qilishga yordam beradi.