Qurilish maydonini tayyorlash. Bu jarayon salbiy ta’sir ko‘rsatuvchilarning paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. Jumladan:
chiqindilarning paydo bo‘lishi va ifloslangan avtotransportlarning harakati;
er yuzasidagi suv resurslarning ifloslanishi;
tuproq eroziyasi;
landshaftlarning o‘zgarishi.
Yuqoridagi ekologik muammolarning oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni
qo‘llash lozim:
qurilish maydonida chiqindilarni tashuvchi avtotransportlarni va ularning rezina
kamerali g‘ildiraklarini tozalovchi maxsus joylar bo‘lishi;
chiqindilarni tashlash uchun maxsus joy ajratish, chiqindilarni yopiq holda tashish;
chiqindini va ortiqcha tuproqni tashish;
ishlab chiqarishga oid va maishiy suvlarni tozalashni tashkil etish;
qazish jarayonida yer osti suvlarining to‘qilishini va ularni kuchsiz tuproq bilan
sun’iy ravishda mustahkamlanishi paytidagi ifloslanishni oldini olish;
qurilish maydonidagi oqova suvlarni yerni o‘pirib ketishidan saqlash;
to‘g‘ri rejalashtirilgan vaqtinchalik avtoyo‘llar va yo‘laklar;
Payvandlash, binolar tomlarini yopish, devorlarni pardozlash jarayonidagi ta’sirlarning
oldini olish uchun tez yonuvchan va o‘zidan zaharli moddalar chiqaradigan mahsulotlarni
to‘g‘ri aralashtirish hamda ularni tashishni to‘g‘ri tashkil etish chora-tadbirlarni amalga oshirish
kerak.
Tosh va beton ishlari. Ishning bu turi quyidagi ekologik muammolarning paydo bo‘lishi
bilan bog‘liq: havoning changlanishi, to‘lqin tarqatuvchi, shovqinli yuklar va h.k.
Yuqoridagi ekologik muammoning oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘rilishi
lozim:
qurilish maydonida tabiiy toshlarni qayta ishlash uchun maxsus joylar ajratish;
shovqindan, to‘lqindan saqlovchi va changni tutib qoluvchi belgilangan talablarga
mos qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |