79
Aynan shuning uchun ko‘pgina davlatlarning rivojlanish dasturida bino va inshootlarda
energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash muhim mavzu bo‘lib qoldi
18
.
Zamonaviy bino va inshootlar issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha juda katta
zaxiralarga ega bo‘lmoqda.
O‘tgan zamonlarda bino va inshootlarning energiya talabi aniqlovchi ko‘rsatkich
bo‘lmagan bo‘lib, loyiha sifatining ustun mezoni bo‘lgan. O‘tgan vaqt oralig‘ida bino va
inshootlarda energiyadan foydalanish samaradorligini o‘rganish o‘zgartirildi va kengaytirildi.
1990 yillar boshlanishiga qadar, energiya samarador bino va inshootlarni qurilishi boshidan
boshlanishida energiyani iqtisod qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘rganish asosiy qiziqishga ega
bo‘lgan. 1990 yillarning o‘rtalarida esa mikroiqlim sifatini bir vaqtning o‘zida oshirishga
yordam bergan energiya tejamkor qarorlarga muhimlik darajasi berilgan.
Qurilishda energiya samarador va ekologik toza texnologiyalarning turli konsepsiyalari
asosida loyihalashtirilgan va qurilgan mikro tumanlar, hattoki arxitektura qurilish maydonlari
hamda katta miqdorda bino va inshootlar paydo bo‘ldi. Ushbu konsepsiyalar o‘zining
nomlanishi belgilangan. Ulardan eng ko‘p taniqli bo‘lgani quyidagilar hisoblanadi:
energiya samarador bino va inshootlar;
energiya talabi past bo‘lgan bino va inshootlar;
energiya talabi ultra (o‘ta) past bo‘lgan bino va inshootlar;
energiyadan foydalanish nol bo‘lgan bino va inshootlar;
sust bino va inshootlar;
bioiqlimiy arxitektura;
baquvvat bino va inshootlar;
“aqliy” bino va inshootlar;
zakovatli bino va inshootlar;
yuqori texnologiyali bino va inshootlar;
ekologik xolis bino va inshootlar.
Adabiyotlarda ushbu konsepsiyalarning har biriga aniqlik kiritishga harakat qilingan.
Qiyinligi shundaki, bitta qurilish ob’ektida qoidaga muvofiq, bir vaqtning o‘zida bir necha har
xil konsepsiyalarni amalga oshirilayotganini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda, adabiyotlardagi
ma’lumotlarga asoslangan holda yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar bo‘yicha energiya
samarador va ekologik toza bino va inshootlarni aniqlashga urinib ko‘ramiz.