Qurilish ekologiyasi ” fanidan


-mavzu: Bino va inshoatlar qurilishida energiya va resurs tejamkorlik



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə73/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

13-mavzu: Bino va inshoatlar qurilishida energiya va resurs tejamkorlik. 

Reja: 


1. Jahonda energiya va resurs tejamkorlik bo‘yicha umumiy holat.


2.Bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash.

Tayanch iboralar: energiya resurslari, qurilish maydoni, tuproq eroziyasi, landishaft, tosh va
beton ishlari, chiqindilarni qayta ishlash, atmosfera, litosfera, gidrosfera, chiqindilarni qayta 
ishlash, ifloslanish, ishlab chiqarish, qonun va qoidalar, muhofaza,

13.1Jahonda energiya va resurs tejamkorlik bo‘yicha umumiy holat.
Xorijiy va mahalliy mutaxassislarning baholashi bo‘yicha dunyoda ekologik ahvolning 
yaxshilanishi va aholining salomatligini saqlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri tabiiy
energetik resurslarni iste’mol qilish darajasini pasaytirish hisoblanadi.
Bino va inshootlar qurilishi sohasi – mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda ham asosiy
energiya iste’molchilaridan biridir. Mamlakatimizning yoqilg‘i-energetik resurslari bo‘yicha bir 
yildagi barcha talabining 15-20% shartli ravishda mamlakatimizdagi bino va inshootlar
majmualarining talabiga sarflanadi. Jahonda energiya tanqisligi va energiya tashuvchining 
narxi o‘sishining kuchayib borayotgan sharoitida energiya talabini pasaytirilishi barqaror
rivojlanish qoidalariga, ya’ni ekologik barqaror (o‘z-o‘zini quvvatlash) ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishga to‘liq javob beradi.

Energiya tejamkorlik – energiya resurslarini nihoyatda tejab-tergab sarflanishini ko‘zda
tutadi. Tasodif emaski, shuning uchun 1992 yil Rio-de-Janeyro shahrida Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining o‘tkazilgan konferensiyasida va keyingi sammitlarida jahon miqyosida
energiyani tejash va uni yuqori darajada samarali ishlatilishiga alohida e’tibor qaratildi. 


Energiya tejamkorlik jamiyatni barqaror rivojlanishining asosiy yo‘li hisoblanadi.
Bu quyidagi bir necha sabablar bilan tushuntiriladi:
1.
Tabiiy organik energiya resurslarining tugayotgani; 

2.
Tabiiy energiya resurslarining bahosi keskin ko‘tarilishi; 


3.
Tabiat majmualariga va tabiiy ekologik tizimlarga salbiy antropogen ta’sirning 

sezilarli kuchayishida energiya talabining o‘sishi kuzatiladi.


Yevropa, AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlar 1970 yillarda jahondagi energiya 
tanqisligidan keyin mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida energiya tejamkorlik muammolariga
yuqori darajada e’tiborni qaratishdi. Muhimlik darajasi sifatida yangi energiya resurslarini 
ishlab chiqarishni ko‘paytirishga emas, balki energiya tejamkorlikga yo‘naltirilgan konsepsiya


78
e’tirof etildi. Ushbu konsepsiyani amalga oshirish natijasida 1990 yillarning o‘rtalarida 


Yevropa, AQSh, Yaponiya davlatlarida yillik energiya sarfi o‘rtacha 30-40% ga pasaydi.
Energiyaning narxi keskin oshishi bilan energiya tejamkorlik bo‘yicha tashkiliy 
jarayonlar boshlandi. Energiya tejamkorlik mamlakatlarning energetik strategiyasida asosiy
yo‘nalish sifatida rasmiy e’tirof etildi. Shu bois, 1997-1998 yillardan boshlab iqtisodiy 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda energiya tejamkorlik bo‘yicha uzoq
muddatlarga muljallangan maqsadli dasturlar qabul qilindi. 
Mahalliy turar joy qurilish majmualarida bir necha ko‘rinishda energiya tashuvchilar
ishlatiladi, jumladan organik yoqilg‘i, elektr energiya va issiqlik energiyasi. Energiyaning 
jiddiy yo‘qolishi ishlab chiqarish ishlarining barcha bosqichlarida, ya’ni yoqilg‘ini yuklashdan
boshlab, qurilish va maishiy turar joy maqsadlarida uning ishlatilishigacha kuzatiladi. Masalan, 
maishiy turar joy sektorida ishlatilayotgan markaziy issiqlik ta’minotining eskirgan
texnologiyasi energiya tashuvchilarni sezilarli yo‘qolishiga olib keladi. 
Qurilish
tarmog‘ida energiyaning yo‘qolishi tahlil qilinganda, gazni yirik 
iste’molchilaridan biri qurilish materiallari sanoati energiya tejamkorlikning cheklanmagan
imkoniyatlarini kam ishlatmoqda. Masalan, shisha ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlarning 
foydali ish koeffitsiyenti ko‘pincha 35-40% dan oshmaydi, g‘isht zavodlarida va keramik
buyumlarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarning quritish qurilmalarida issiqlik yo‘qotilishi 
52% va qizdirish qo‘rasida 63% ga yetib boradi. Sement klinkerini (kuydirib toshga
aylantirilgan sement) nam usuldagi texnologiya bo‘yicha olishda juda katta miqdordagi issiqlik 
chiqayotgan gazlar bilan birgalikda atrof-muhitga ketadi.
Hozirgi paytda qurilish sohasidagi ishlab chiqarishning deyarli barcha turlari uchun 
energiya tejamkor, issiqlikni foydalanishga tiklash qurilmalari ishlab chiqilgan. Qurilish
tarmog‘i va uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarining energiya samaradorlik darajasi va 
boshqa issiqlik o‘tkazmaydigan choralari qabul qilingan.
Jahon amaliyotida mamlakatning industrial rivojlanishi shuni ko‘rsatmoqdaki, energiya 
talabi faqat turar joy sektoriga jihozlarni va materiallarni ishlatish hamda ishlab chiqarishning
eng yangi texnologiyalarini joriy etish orqali hech bo‘lmaganda ikki martaga qisqartirilishi 
mumkin.
Qurilish sohasida energiyani samarasiz yo‘qolishini aniqlanishining asosiy omillariga 
quyidagilar kiradi:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida ko‘proq mahsulot ishlab 

chiqarishga va energiya yig‘uvchi materiallarni (g‘isht, keramzitli beton va b.q.) ishlatishga


yo‘naltirish; 
binoning issiqlik o‘tkazmaydigan darajasi past bo‘lgan to‘siq konstruksiyalarni 

qo‘llash;


binoning muxandislik jihozlari va issiqlik ta’minoti texnik tizimlarining 

nomukammalligi;


hajmiy loyihalashni, konstruktiv qarorlarni va shaharsozlik usullarini samarasiz 

ishlatish;


energiya ta’minoti tizimining noan’anaviy rivojlanishi yetarli darajada emasligi. 

Energiya tejamkor ishlab chiqarishga o‘tish nafaqat iqtisodiy munosabatlarni va


texnologiyalarni takomillashtirishni isloh qilish, balki barcha hayot ko‘rinishini o‘zgartirishni va 
yangicha fikrlashni rivojlantirishni talab etadi. Jahonda hozirgi ekologik holat hisobi bilan energiya va
resurs tejamkor texnologiyalarning muqobili mavjud emasligini doim esda tutish lozim. 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin