“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra


Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

 
Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi 
 
Harorat va qizish sharoitlariga bog`liq holda suvli kalsiy sulfatning turli 
modifikatsiyalarini hosil qilish mumkin, ular kristallarning zichligi, shakli va 
oichamlari, gidratatsiya issiqligi, issiqlik sig'imi, optik xossalari va boshqa xususiyatlari 
bilan bir-biridan farq qiladi. 
Kalsiy sulfat modifikatsiyasini, ulaming barqaror mavjudlik sharoitlarini, birining 
ikkinchisiga aylanishini tekshirishga bir qancha tadqiqotlarbag'ishlangan (Le Shatelye
Vant Goff, A.A. Baykov, D.S. Belyankin, P.P. Budnikov, Kelli, Suttard, Anderson, 
Flerks va boshqalar). Biroq hozirga qadar uning suvli va suvsiz modifikatsiyalari soni, 
ularning tuzilishlari hamda flzik-kimyoviy xossalari xususida yagona fikr yo'q. 
D.S.Belyankin va L.G.Berg tadqiqotlari bo'yicha, shuningdek, Kelli, Suttard, Anderson 
ma`lumotlari asosida kalsiy sulfatning quyidagi modifikatsiyalari ma`lum: 
1. ikki molekula suvli kalsiy sulfat (gips) CaSO
4
• 2H
2
O. 
2. a- yarim molekulali suvli kalsiy sulfat (a- yarim gidrat) a - CaSO
4
• 0,5H
2
O, B 
- CaSO
4
• 0,5H
2
O. 
3. B- yarim molekula suvli kalsiy sulfat (B- yarim gidrat). 
4. a- suvsizlantirilgan yarim gidrat a- CaSO
4

5. B- suvsizlantirilgan yarim gidrat B- CaSO
4

6. a- eruvchan angidrid a- CaSO
4

7. B- eruvchan angidrid B- CaSO
4

8. Erimaydigan angidrid (odatda angidrit deb ataladigan)CaS0
4

Gips suvsizlantirilganda dastlab yarim gidratga aylanadi so'ngra qizish jarayonida 
suvsiz modifikatsiyalarga - angidridlarga aylanadi. a- va B- modifikatsiyalarining hosil 
boiishi issiqlik ta'sirida ishlov berish sharoitlariga bog`liq. 
B- yarim gidrat deb ataluvchi modifikatsiya digidratatsiya jarayonida suvning 
bug' holida chiqish sharoitida hosil boiib, natijada bu modifikatsiya zarralari ichki 
yuzasi ancha rivojlangan tarkibiy tuzilish hosil qiladi. 
B- yarim gidratdan farqli ravishda a- yarim gidrat gipsga suvda yoki tuz va 
kislotaning suvdagi eritmalarida issiqlik ta'sirida ishlov berilayotganda hosil bo`ladi. 
Bunda suv suyuq tomchi holatida ajralib, a- yarim gidratning zich kristallari hosil 


boiishi uchun sharoit tug'iladi. Natijada B- yarim gidrat zarrachalarining solishtirma 
sathi a-yarim gidratnikiga nisbatan ancha (2,5-5 marta) yuqori bo`ladi. 
Zarrachalar ichki sathining xilma-xilligi yordamida B va a yarim gidratlarning 
sindirish va zichlik ko'rsatkichlaridagi farqni izohlash mumkin. 
a yarim gidrat suvda qorilgandaB- yarim gidratga nisbatan kam suv sarflab 
qo'zg'aluvchanligi keraklicha boigan xamir olish mumkin. Demak, gipsning a- yarim 
gidratli modifikatsiyasidan qotgan gips B- yarim gidratliga nisbatan ancha zich va 
mustahkam bo`ladi. Agar a va B- yarim gidratlar teng hajmdagi suvda qorilsa, hosil 
bo`ladigan gipstoshning mustahkamligi ham o'zaro teng bo`ladi. 
Suvda qorilganda a- yarim gidrat B- yarim gidratga nisbatan birmuncha sust 
tishlashadi, bunda B- yarim gidrat zarrachalarining chinakam sathi yuqori darajada 
rivojlanganligi tufayli gidratatsiya tezligi ortadi 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin