Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning 
ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (P-T). 
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z 
ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar 
tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar 
shaklini oladi (T). 
Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga 
kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P). 
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni 
amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 
1-bosqich - pul-tovar (P-T); 


92 
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 
3-bosqich - tovar-pul (T-P). 
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir 
vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari, 
tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida 
mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir 
iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab 
chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish 
qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning yetishmasligiga yoki 
samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. 
 
7.3. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning 
aylanishini tezlashtirish yo‘llari
Shakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag‘lar xususiy va qarzga olingan 
turlarga bo‘linadi. 
Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy 
resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma 
mablag‘lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar 
qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari kabilarni 
kiritish mumkin. Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar 
yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin