”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


BO‘YOQ VA LOKLARNING QURISH TEZLIGINI ANIQLASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

BO‘YOQ VA LOKLARNING QURISH TEZLIGINI ANIQLASH 
Bo‘yoq va lok ashyolari quriganda ularning yuzasida chang olmaydigan 
yupqa parda hosil bo‘ladi. 
Asbob-uskunalar: quritish shkafi, shisha plastinkalar, termometr, mo‘y 
qalam, flens (yassi mo‘y qalam). 
Ishlash tartibi. Quritish shkafiga chang kirmasligi uchun shamollatish 
yo‘llari doka bilan yopiladi, shkafning bir chetiga undagi namni o‘ziga yutib 
turuvchi suvsiz CaCl
2
dan qo‘yiladi. 
Sinaladigan bo‘yoqqa olifdan oz-ozdan qo‘shib, uni ishlatish uchun yaroqli 
quyuqlikka keltiriladi va shisha plastinka to‘la berkitish darajasigacha mo‘y qalam 
bilan bo‘yaladi. Plastinka yuzasiga surkalgan bo‘yoq flens bilan tekislanadi. Keyin 
shisha plastinkani 45° qiya qilib, 20°S haroratli shkafga qo‘yiladi va vaqt-vaqti 
bilan olib, og‘zidan 10 sm masofada ushlab puflanadi. Agar, plastinka yuzasidagi 
bo‘yoqda yupqa parda hosil bo‘lgan bo‘lsa, uning yuzasidagi bo‘yoq pardaga 
puflaganda kichik to‘lqin bo‘lib suriladi, bu bo‘yoq qurishining boshlang‘ich 
bosqichini bildiradi. SHisha plastinkaga bo‘yoq surkalgandan keyin uning yuzasida 
yupqa parda hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqt bo‘yoqning boshlang‘ich qurish tezligini 
bildiradi. Bo‘yoqning to‘la qurish tezligini aniqlash uchun shisha plastinkalar 
qaytadan quritish shkafiga qo‘yiladi va vaqt-vaqti bilan plastinkani olib, uning 
bo‘yalgan yuzasiga bir bo‘lak paxta qo‘yiladi; paxta ustiga yog‘och taxtacha 
qo‘yiladi; uning ustiga esa 200 g li yuk qo‘yiladi. Oradan 30 sek o‘tgach yog‘och 
taxtacha olinadi va plastinka yuzasiga paxta tolalarining yopishgan-
yopishmaganligi ko‘rib chiqiladi. Agar bunda plastinka yuzasiga paxta tolalari 
 
1-rasm. VZ-4 viskozimetri: a - asbobning umumiy ko‘rinishi,
b - VZ-4 viskozimetri; 1 - rezervuar, 2 - konus va soplo, 3 - ariqcha. 


yopishmasa, bo‘yoq, to‘la qurigan bo‘ladi. Bo‘yoqning to‘la qurish tezligi (sek da) 
deganda, qurish boshlangan vaqtdan to yuzasiga 200 g li yuk ostiga paxta qo‘yib 
bosganda, bo‘yoqqa mutlaqo yopishmaydigan darajagacha qurishi uchun ketgan 
vaqtni tushunmoq zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin