”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Tabiiy tosh materiallarni emirilishdan saqlash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

6. Tabiiy tosh materiallarni emirilishdan saqlash usullari 


Tabiiy tosh materiallari bino va inshootlarda ishlatilganda tabiiy va texnogen 
omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Bu omillarga asosan quyidagilar kiradi: 
yoriqlar va g‘ovaklarda suvning muzlashidan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlar; 
harorat va namlikning keskin o‘zgarishidan mikroyoriqlar hosil bo‘lishi; sizib 
o‘tuvchi suv ta’sirida tosh komponentlarining yuvilishi; atmosferada mavjud SO
2

CO
2
va sh.k. gazlar, oqava va sizot suvlar tarkibida bo‘lgan ishqor, kislota, tuz, 
uglevorod qoldiqlari, mineral o‘g‘itlar ta’sirida yuz beradigan kimyoviy 
korroziyalar va x.k.
G‘ovak toshlarni emiruvchi muxitlardan himoyalash uchun yuza qismlarini 
zichlashtiruvchi moddalarga shimdirish, suv yuqtirmasligini ta’minlash uchun 
gidrofob moddalar sepish mumkin. Zich toshlarni suv ta’siridan saqlash uchun 
sirtini silliqlash, jilolash zarur. Bunda zich va silliq yuzadan suv tez va to‘g‘ri oqib 
o‘tadi.
Ohaktosh va dolomitlarning yuzasini kremneftorlash (flyuatatsiya, qoplash) 
usulida zichlashtirish mumkin. G‘ovak toshlarni termoreaktiv va termoplastik 
polimerlar bilan shimdirib, zichligi, mustahkamligini keskin oshirish mumkin.
Tosh yuzasiga kremniyorganiq suyuqlik (GKJ-10, GKJ-94), emulsiyalar 
(bitum emulsiyasi) shimdirib suv yuqtirmaydigan gidrofob xususiyatni berish 
mumkin.
Nazorat savollari 
1.
Tog‘ jinslarini hosil bo‘lish sharoitiga nisbatan guruhlarga bo‘linishini aytib 
bering.
2.
Asosiy jins hosil qiluvchi minerallarni aytib bering.
3.
Magmatik jinslarning asosiy turlarini va ularning xossalarini keltiring.
4.
Asosiy cho‘kindi jinslarini tavsiflang.
5.
Metamorfik jinslarni tavsiflang.
6.
Tosh materiallar va buyumlar qaysi usullarda qazib olinadi va ishlov 
beriladi?
7.
Qurilishda ishlatiladigan tosh materiallarning asosiy turlarini keltiring.
8.
Bino va inshootlarda tosh materiallarining yemirilish sabablarini va 
himoyalash usullarini aytib bering.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin