”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
Nazorat savollari 
1.
Keramik materiallar xom ashyosi tarkibini qaysi asosiy minerallar tashkil 
etadi?
2.
Keramik buyumlar tayyorlashda plastik, yarim quruq usullarni tushuntirib 
bering.
3.
Oddiy va effektiv g‘isht turlarini izoxlab bering.
4.
Chinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib bering.
5.
Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalarini aytib bering.
6.
Qanday keramik g‘ovak to‘ldirgichlarni bilasiz?
4-MAVZU:KERAMIK 
MATERIALLAR 
ISHLAB 
CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI, 
TURLARI, 
XOSSALARI, 
ISHLATILISHI. 
ENERGIYA SAMARADOR, EKOLOGIK TOZA KERAMIK BUYUMLAR
 
Reja: 
1.
Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
2.
Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari.
3.
Devorbop keramik buyumlar.
4.
Qoplama keramik buyumlar.
5.
Maxsus keramik materiallar va buyumlar
1.
 
Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi 
Keramik 
buyumlar 
xossalari 
shakli, 
xom 
ashyo 
turi 
va 
texnologiyasidan qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy 
jarayonlardan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini 
tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish.
Gilni xom ashyo kareridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib 
olinadi va temir yo‘l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar 
zavodiga tashiladi. Xom ashyoni qazib olishda karer gil zaxirasi, qalinligi, 
joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi o‘simliklar, keraksiz 
jinslardan tozalanadi.
Xom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil 
keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum 
tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli 
aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni 
kukunlash va qo‘shimchalar qo‘shish, barcha komponentlarni quyma massa 
hosil bo‘lguncha maxsus mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli 
aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xom ashyo massasi buyum turi, xom 
ashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq, bikr, quruq, va ho‘l 


(shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo komponentlari 
tabiiy namlikda yoki quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib 
tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom ashyo massasidan g‘isht, keramik 
tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli 
bo‘lib, xom ashyo massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki 
gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa bosimda qoliplanadi. Bu usulda 
buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, Yuqori mustahkamlikdagi xom 
qoliplangan buyum tayyorlanadi.
Yarim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi, 
maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 
812% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab 
tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi
buyum aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 
30% tejaladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin