”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Buyumlarni 
pishirish.
Pishirish 
keramik 
buyumlar 
ishlab 
chiqarishning oxirgi va xal etuvchi jarayonidir. Bu jarayonni shartli ravishda 
uch bosqichga bo‘lish mumkin: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. 
Buyum 100-120
0
S qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. 
Harorat 450-750
0
S ko‘tarilganda buyumdan kimyoviy bog‘langan suv 
chiqib ketadi va organiq aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib 
amorf holatga o‘tadi.
Harorat 800-900
0
S etganda oson eriydigan birikmalar eriydi va 
komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy 
jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-1200
0
S haroratgacha qizdirilganda 
zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2-8% 


tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar 
toshsimon holatga o‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa 
xumdonlarda pishiriladi.
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, 
shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish
pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. 
Halqasimon xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, boshqa 
zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan 
buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi.
Halqasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi.
Pishirish harorati 900-1100
0
S bo‘lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi. 
Halqasimon 
xumdonlarda 
harorat 
kanal 
bo‘ylab 
bir 
tekis 
taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l 
mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.
Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda 
harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari 
qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va 
xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish 
jarayoni 
18-38 
soat 
davom 
etadi. 
Bu 
xumdonlar 
ishlashini 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin. Tunnel xumdonlarda 
mehnat unumdorligi Yuqori bo‘lib, brak mahsulot kam bo‘ladi. Tunnel 
xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya 
quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus 
konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240-1250
0
S haroratda pishiriladi. 
Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, kapsellarga joylashtiriladi 
va ikkinchi marta 1140
0
S haroratda pishiriladi. Kanalizatsiya quvurlari, 
qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir 
marta pishiriladi.
Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari, tashqi 
ko‘rinishi, turli nuqsonlariga nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi 
bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o‘ta pishgan buyumlarga 
bo‘lish mumkin.
Keramik 
buyumlar 
omborxonalarda 
qurilish 
ob’ektlariga 
yuborilguncha saqlanadi. G‘isht va keramik toshlar metall tagliklarga 
terilgan 
xolda 
ochiq 
maydonlarda, 
sanitariya-texnika 
buyumlari 
komplektlangan holda maxsus yashiklarda berk omborlarda saqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin