”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


-MAVZU : KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR (KMB)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2-MAVZU : KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR (KMB) 
TARKIBI VA XOSSALARI. GILTUPROQ TARKIBI VA XOSSALARI. 
MAYINLIGI 
SUV 
BILAN 
BIRIKISHI,PLASTIKLIGI,KIRISHISHI,QURISHI,QOTISHI. 
GILTUPROQNI KUYDIRISHDA KECHADIGAN FIZIKKIMYOVIY 
JARAYONLAR
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar


1.
 
Umumiy ma’lumotlar
Mineral xom ashyoga texnologik ishlov berib, Yuqori haroratda kuydirish 
natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi.
“Keramika” so‘zi lotincha “Keramos” so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) 
ma’nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xomloydan tayyorlangan devorbop materiallar 
va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda 
ishlatilgan. Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500-4000
y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. 
ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura 
yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. Xozirgi kunda effektiv 
g‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariyatexnika buyumlari, mashinasozlik, 
elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yilmoqda.
Gil 
mahsulotlari 
qurilish 
matriallarining 
muhim 
turlaridan 
biri 
hisoblanadi.Xomashyo ishlab chiqarish korxonalarida gil kvarts, tuproq, chamette 
(olovga chidamli gil 1000-1400 gradusda kuydiriladi va bo’linadi) metal zaki, 
apelka va maydalangan ko’mir bilan aralashtirilib foydalaniladi.
Qurilish gili mahsulotlari yoki qurilish keramikalari asosan katta qismdagi gilni 
kuydirish, quritish va mog’orlatish orqali ishlab chiqariladi.Yuqoriroq hajmi o’ziga 
xos muhimligi bo’lsa, uning kuchliroqi esa gil mahsulotidir.Bu qoida Shishaga 
aylangan mahsulotlar uchun unchalik foyda bermaydi.
Qurilish va ishlab chiqarish uslublariga ko’ra g’ishtlar,cherepitsiyalar, 
quvurlar,qizdirilgan qizg’ish jigarrangdan qurilgan matriallar,loydan yasalgan 
idishlar, kulolchilik buyumlari, chinni buyumlar va sirlangan sopol idishlar Yuqori 
haroratda qizdirib shakllantiriladi.
Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Tuzilishiga ko‘ra 
g‘ovak va zich keramik buyumlarga bo‘linadi. G‘ovak keramikaning suv 
shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop g‘isht va 
bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi.
Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% kam bo‘ladi. 
Ularga erga yotqiziladigan klinker g‘ishti, yirik o‘lchamli keramik plitalar, pol 
plitalari kiradi.
Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar yengil eruvchan (1350
0
S past), 
qiyin eruvchan (1350-1580
0
S), erimaydigan (1580-2000
0
S) turlarga bo‘linadi. 
Keramik materiallar va buyumlarni xom ashyoning hamma erda mavjudligi
arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab 
ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin