buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari,
fayans va chinni buyumlar
tayyorlanadi.
Shliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis
tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi
buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda ishlatiladi.
Lentali vakuumli press
1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak;
6vakuum-kamera; 7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama.
Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi.
Bu usulda
qoplama plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari tayyorlanadi.
Buyumlarni quritish.
Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha
quritilishi kerak, aks
holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli
o‘zgarishi mumkin. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin.
Buyumlarni tabiiy usulda 10-15 kun davomida bostirmalarda quritiladi
va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va
doimiy ravishda ishlaydigan
maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish
xumdonlari
tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar
(harorat 120-150
0
S) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.
Dostları ilə paylaş: