”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.
 
Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari 
Keramik materiallar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi 
(matritsa) va erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar (karkas) 
hamda havo to‘lgan g‘ovak va bo‘shliqlardan iborat bo‘lgani uchun ularni 
kompozitsion 
materiallar 
deyish 
mumkin. 
Matritsa 
materiali 
mikrostrukturani va matritsa karkas bilan birgalikda makrostrukturani 
tashkil etadi. Keramik materiallarning matritsa qismi kristall tuzilishdagi 


alyumosilikat minerallardan va amorf tuzilishdagi Shishasimon oson 
eriydigan komponentlardan iborat bo‘ladi.
Keramik materiallarning zichligi 2,5-2,7gsm
3
; o‘rtacha zichligi 200-
2300 kgm
3
; siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 1000MPa gacha 
bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti: absolyut zich keramikani 1,16 
Vt(m
.0
S), g‘ovak keramik materiallarniki 0,07-1,0 Vt(m
.0
S) bo‘ladi. 
Keramik materiallarning issiqlik sig‘imi 0,18-0,22 KJkg
.0
S, issiqlikdan 
chiziqli kengayish koeffitsienti esa 0,00014.
Keramik materiallarning suv shimuvchanligi g‘ovakligiga qarab 0 dan 
70% gacha bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi esa quyidagi markalarga teng: 15; 
25; 35; 50; 75 va 100 (sikllar).
3.
 
Devorbop keramik buyumlar 
Devorbop keramikaga oddiy keramik g‘isht, turli effektiv keramik 
materiallar (kovakli, g‘ovakli va kovakli-g‘ovakli g‘ishtlar, yengil, kovakli 
keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o‘lchamli bloklar va 
g‘isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi.
Keramik g‘ishtlar va toshlar.
Keramik g‘isht va toshlar oson 
eriydigan gillar va qo‘shimchalar qo‘shilgan gillar asosida tayyorlanadi va 
asosan bino, inshootlar tashqi va ichki devorlarini qurishda ishlatiladi.
G‘isht va keramik toshlar o‘lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: 
Oddiy g‘isht 250x120x65 mm (5.3, a-rasm.), modulli 250x120x88 mm (5.3, 
brasm), yirik 288x138x65 mm (5.3, v-rasm), oddiy tosh 250x120x138 mm 
(5.3, grasm), yirik tosh 250x138x138 mm(5.3, d-rasm), modulli tosh 
250x250x138 mm (5.3, e-rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 
250x250x120 mm va 250x250x80 mm(3.3, j, z).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin