”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

1.Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom 
ashyolar
Keramik materiallar xom ashyosini asosan gil tashkil etadi. Gil xossalarini 
yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog‘sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib 
ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Gil tarkibidagi dala 
shpati magmatik (granit, sienit va x.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining 


nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Shu sababli xom ashyo tarkibi asosan 
alyumosilikatlardan (Al
2
O
3
.
2SiO
2
.
2H
2
O) iborat bo‘lib, kvars, slyuda va boshqa 
minerallar, organiq
moddalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Gil tarkibida ohakning bo‘lishi keramik 
material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o‘lchamlari keramik material 
xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. Uning 
zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda 
plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach 
buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari gil tarkibida 
zarracha o‘lchamlari 0,005-0,15 mm li changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16-5 
mm li qum bo‘lishi mumkin.
Gillarning asosiy xossalari plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi, 
olovbardoshligi, buyumning rangi va hokazolar.
Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil 
qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab qolish 
xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik suvni ko‘p 
talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish Yuqori bo‘ladi. 
Gillar Yuqori plastik (yog‘li) o‘rtacha plastik va kam plastik (yog‘siz) bo‘ladi. 
Yog‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish 
jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish 
maqsadida Yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik 
lignosulfonatlar va sh.k.) ishlatiladi.
Yuqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xom ashyo aralashmasiga 
yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va sh.k.) yoki 
ma’lum miqdorda plastikligi kam gil qo‘shiladi.
Keramik materialda g‘ovak hosil qilish uchun uning tarkibiga yog‘och 
qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin, torf changi singari kuydirish jarayonida yonib 
ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar yog‘sizlantiruvchi 
hisoblanadi.
TUZILISHI
Gil g’ishtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi, uzunligi va chidamliligiga ko’ra gil 
cherepetsiyalari xona devorlari va pollarini yong’indan saqlashga yordam beradi. 
Gil quvurlari chidamliligi, uzunligi, rangsiz va arzonligi jihatidan kanalizatsiya 
quvurlarida, drenajlarda va suv quvurlarida foydalaniladi.
GIL VA UNING KLASSIFIKATSIYASI:
Gil g’isht ishlab chiqarishda g’oyatda muhim qurilish matriali hisoblanadi.Bu katta 
hajmdagi tuproqli mineral yoki bir-biriga bog’lanmagan qoya bo’lib suv bilan 
aralashish qobilyatiga ega va mog’orlagan va qurigan paytlarda uning shakli 
qaytadan tiklanish qobilyatiga ega bo’ladigan egiluvchan plastik shaklga egadir. 
Shunday tarzda gillar qizdirilganida qizaradi, va o’sha paytda qattiq va kuchli 
shaklga keladi.Bu gildagi mikrotuzilish o’zgarishlari natijasi va kimyoviy 
xususiyatidir. Eng toza gillar asosan kaolinit (2sio2.Al2o3.2H2o) bilan birgalikda 
kichik hajmdagi minerallar masalan, kvarts, sluda,feldspar,kalkit, magnesit va 


boshqalardan iborat bo’ladi.Undan qolgan gillar kaolin yoki Xitoy gili shaklida 
mashhur bo’lib qoyalar ostidagi chirishdan shakllanadi va kulolchilik mahsulotlari 
ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ma’lum bir joydan olib kelingan yoki cho’kkan 
gillar ob-havo ta’sirida paydo bo’ladi. Bular ko’proq tarqaladigan, brikmalardan 
iborat, va ona qoyalarning katta bo’laklariga tegishli bo’lmaydi.Yuqori darajadagi 
haroratga qarshilik ko’rsatish asosida (1580 gradusdan ko’proq) gillar olovga 
chidamli material sifatida turlarga ajratiladi ya’ni bular Yuqori haroratga eriydigan 
gillar va past haroratga eriydigan gillardir.Olovga chidamli gillar ancha ko’proq 
tarqalgan va ancha egiluvchan ko’rinishga egadir.Yuqori haroratga eriydigani 
alyumindan iboratdir past haroratda eriydigani bir qancha aralashmalardan 
masalan Fe 203 kabi pastroq olovga chidamli brikmalardan iborat..Yuqori 
haroratga eriydigan gillarni Yuqori darajadagi chidamliligi mavjud (1350-1580 
gradus) va kichik miqdordagi aralashmalardan iboratdir bular
kvarts,feldspar,sluda,kalsiy korbonat va magniy korbonatdir.Bular g’isht ishlab 
chiqarishda, pol kafellari chiqarishda va kanalizatsiya turbalari ishlab chiqarishda 
ishlatiladi.Kam haroratda eriydigan gillarning 1350 gradus olovga chidamlilari 
mavjud bo’lib ular ham turli xil tarkiblarga egadir.Bular g’ishtlar ishlab 
chiqarishda, uylar qurishda, kafel ishlab chiqarishda va boshqa maqsadlarda 
ishlatiladi.Agar gillar miqdorini oshirish kerak bo’lsa qo’shimcha aralashmalar 
ham qo’shiladi.Yuqori egiluvchan gillarini 28% gacha suv bilan aralashtirish talab 
qilinadi, Yuqori darajada quritiladi va miqdorini qisqartirish uchun kuydiriladi va 
qo’shimcha aralashmalar kerak bo’lsa yoki egiluvchan bo’lmagan moddalar 
masalan kvarts tuprog’i, chamotte, kul va boshqalar qo’shiladi. Yondirilgan 
aralashmalarga qirindilar, ko’mir maydalari, va maydalangan ko’mir va boshqalar 
misol bo’la oladi. Kislotaga qarshi predmetlar va kafel qoplamalari, suv 
Shishalari yoki ishqorlar qo’shish orqali ishlab chiqariladi.Gil qismlarini 
kuydiradigan harorat ayrim moddalar masalan feldspar va temir rudasi bilan 
aralashtirilgan gil bilan hajmi kamaytiriladi.Egiluvchan shakl berish ayrim 
moddalarni masalan sulfit-natriyni (0,1-0,3%) qoshish bilan kamaytiriladi2.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk, 
Shisha kukuni, perlit va boshqalar keramik buyumlarning pishirish haroratini 
pasaytirish uchun qo‘shiladi.
Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga 
suyuq Shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom, 
titan va boshqa metallar oksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari 
tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi 
uchun yuzasi glazur yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1-0,2 mm 
qalinlikdagi Shishasimon qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik 
materiallarga katta kuch bilan yopishadi.
Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, 
kaolin, dala shpati, ishqorli va erishqorli metallar aralashmalaridan kukun holatda 
2
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 17,18


tayyorlanadi va buyum yuziga kukun yoki suspenziya holatida pishirishdan oldin 
surtiladi.
Angob oq yoki rangli gil qorishmasini buyum yuziga surtilib, pishirib olingan 
yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi. 
Angob va keramik buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks xolda qoplama 
ko‘chib ketishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin