masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob
schyoti», 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» schyotlari debetlanadi.
9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» schyotining kreditida
turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan
moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul
mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 0100 «Asosiy vositalarni hisobga
oluvchi schyotlar schyoti», 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va
boshqa schyotlar debetlanadi.
Dostları ilə paylaş: